Boshliq mahallasi („Boshliq“, 19a-uy) – Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Qushbegi mahallasi bilan chegaradosh. Mahalla 1981-yilga qadar mayda koʻchalardan tashkil topgan. 1981-yildan ular oʻrniga koʻp qavatli binolar qurilib, „Boshliq“ mavzesi deb nom berilgan, mahalla nomi shundan olingan. Aholisi 8 226 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, ozarbayjon va boshqalar ham yashaydi (2008). Mahalla hududida 3 koʻcha, 2 bolalar bogʻchasi, oʻrta maktab, 13 oziq-ovqat doʻkoni, 2 xoʻjalik mollari doʻkoni, 5 oshxona, 3 kafe, 4 sanoat korxonasi, 2 novvoyxona mavjud.
Manbalar
Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar