Karki (1999-yildan 2017-yilgacha Otamurot) — Turkmanistonning Lebap viloyati Otamurod tumanidagi shahar (1925-yildan). Tuman markazi. Amudaryoning chap sohilida. Oʻng sohilida pristan va Karkichi temir yoʻl stansiyasi (Kogon — Dushanba temir yoʻl yoʻnalishi) joylashgan. Shahar Turkmanobod — Otamurot temiryoʻlning oxirgi punkti. Karki shosse yoʻli orqali Turkmanobod va Amudaryo orqali Mari, Tajan shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 30,8 ming kishi (1999).

Karki X asrdan maʼlum. 1917-yilgacha Buxoro amirligining Karki bekligi markazi, 1943-yil dekabrdan 1947-yil yanvargacha Turkmaniston SSR Karki viloyati markazi. Shaharda paxta tozalash, qurilish materiallari, sut-moy zavodlari, goʻsht va non kombinatlari, gilam fabrikasi, umumiy taʼlim va musiqa maktablari, pedagogika bilim yurti, madaniyat uyi, 5 kutubxona, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi, kasalxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Lebap viloyati shaharlari Turkum:Karki