Davlatobod mahallasi (Mahorat koʻchasi, 4) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Latifguzar, Abdulla Qodiriy, Jurjoniy, Katta Choʻponota, Chamanzor mahallalari bilan chegaradosh. 1965-yil tashkil topgan. Jurjoniy mahallasidan ajralib chiqgan. 1965—2000-yillarda Habib Abdullayev nomi bilan atalgan. 2005-yil 14- iyundan hozirgi nomda. Aholisi 2 400 kishi, asosan, oʻzbeklardan iborat (2009). Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, „Hazrati Ali“ jome masjidi, „Vatanparvar“ tashkilotiga tegishli muassasalar joylashgan.
Maydoni 34,2 gektar.
Manbalar
Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar