Meros mahallasi (Zaki Validiy koʻchasi, 83) – Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Tumandagi Muqimiy, Yakkasaroy, Toʻqimachi, Chilonzor tumanining Katta Chilonzor-2, Qozirobod mahallalari bilan chegaradosh. 1980-yili tashkil topgan. Aholisi 4 012 kishi, asosan oʻzbeklar, shuningdek ruslar va boshqalar yashaydi. Mahalla hududida oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, 3 ta milliy taomlar kafesi, 4 ta oziq-ovqat magazini, novvoyxona, shuningdek, Standartlashtirish va loyihalashtirish itimoiy inshootlari joylashgan. Mahallada S.Sirojiddinov, boshqird yozuvchisi Zaki Validiylar yashagan.
2016-yilgacha nomi Yakkasaroy-2 mahallasi deb atalgan. Oʻsha yili 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Meros deb oʻzgartirilgan.
Manbalar
Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar