Taylor Dearden Cranston (1993-yil 12-fevralda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U MTV Sweet/Vicious shousida Ofeliya rolini oʻynagan. U, shuningdek, Netflix sujjatli American Vandal filmining ikkinchi mavsumida Chloe Lyman rolini ham ijro etgan.
Yoshligi Taylor Dearden Cranston 1993-yil 12-fevralda Los-Anjelesda (Kaliforniya) aktyor Bryan Cranston va aktrisa Robin Gale Deardenning oilasida tug‘ilgan. 2015-yilda Janubiy Kaliforniya universitetining teatr yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.
Karyerasi 2010-yilda Dearden Breaking Badning „No Más“ (Endi yoʻq) nomli epizodida qatnashgani. 2011-yildan 2016-yilgacha turli qisqa metrajli filmlarda suratga tushgan.
2013-yildan 2014-yilgacha Dearden „Rad etishning 101 usuli“ veb-seriyasining ikki faslida McKenzie xarakterini ochib bergan. Shou USC talabasi Susie Yankou tomonidan yaratib yozilgan hamda uni Mike Effenberger boshqargan.
2016-yilda Dearden MTV telekoʻrsatuvida „Sweet/Vicious“(Shirin/Shafqatsiz) filmida Ofeliya Mayer obrazini oʻynagan. Jennifer Kaytin Robinson tomonidan yozilgan va yaratilgan shou kampusdagi jinsiy tajovuzni tasvirlashhda tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan. Tanqidchilar fikriga qaramay, Deardenning ishi ijobiy baholangan. Ammo u bir mavsumdan soʻng bekor qilindi.
2017-yilda Dearden The Last Champion (Soʻnggi chempion) filmida Cole Hauser sobiq Olimpiya kurashchisi John Wright rolini oʻynagan.
2018-yilda Dearden Netflix American Vandal ning ikkinchi mavsumida Chloe Lyman obrazida rol ijro etib, hammualliflar Tayler Alvarez, Griffin Gluck va Travis Tope bilan birgalikda ishlagan.
Filmografiyasi
Filmlari Yil Nomi Roli Izohlar 1999 Saving Private Ryan(Askar Ryanni qutqarish Oʻlgan askarlar uchun diktator xati Kichik Cameo 2012 Red Handed (Qizil qoʻl) Jo Qisqa metrajli film; Ijrochi produser 2013 The Fourth Wall (Toʻrtinchi devor) Danielle Qisqa metrajli film 2015 The Cigarette (Tamaki) —Qisqa metrajli film Direktor 2016 Smash Face (Halokatli qiyofa) Helen Qisqa film 2017 Heartthrob (Yurak urishi0 Cleo 2020 The Last Champion (Soʻnggi chempion) Joanna Miller
Televizion Yil Nomi Roli Izohlar 2010 Breaking Bad Gʻamgin yuzli qiz Epizod: „No Más“ 2016—2017 Ofeliya Mayer 10-epizod 2018 American Vandal Chloe Lyman 8-qism 2022 For All Mankind (Butun insoniyat uchun) Quyoshli zal 3-qism
Veb Yil Nomi Roli Izohlar 2013—2014 Rad etishning 101 usuli McKenzie 18-qismSkript nazoratchisi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Asli Irlandiyalik amerikaliklar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Aktrisalar filmografiyalari