Halqabogʻ mahallasi (Yunusobod tumani, 16-mavze) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Bobodehqon, Muruvvat, Yangi hayot mahallalari va Toshkent avtomobil halqa yoʻli bilan chegaradosh. 1980-yildan 2016-yil 28-aprelgacha Umid mahallasi nomi bilan yuritilgan. Oʻsha yili 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Halqabogʻ deb oʻzgartirilgan.
Aholisi 3597 kishi, asosan,oʻzbeklar, shuningdek, turli millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 2 ta bolalar bogʻchasi, 6 ta doʻkon, 3 ta novvoyxona, choyxona, 3 ta oshxona, 3 ta oziq-ovqat, xoʻjalik doʻkonlari mavjud.
Manbalar
Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar