Mavlono Zohiriy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning darveshtabiat yigit ekanligi, oʻzining huzuriga kelib turishi, sheʼri rangdan xoli emasligini, aytib, quyidagi baytini keltiradi:Sogʻari bodaki, jon ravshan
az on ast maro,
Mavji on sayqali oyinai
jon ast maro.
(Mazmuni: Sharob qadahidan menga jon ravshanligi keladi. Ul tiniq mayning mavji men uchun jon oynasidir).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik