Mavlono Najmiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning toʻquvchilik bilan shugʻullanishini aytib, quyidagi baytini keltiradi:Saram on behki, zi savdoi tu dar po boshad,

Chun nadidam sari onatki, sarrimo boshad.

(Mazmuni: Ishqing savdosidan boshim oyoq ostida boʻlgani yaxshiroq. Chunki boshingni koʻrmasimdanoq hamma yoq qishga aylandi).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik