(Abu Said, Abu Abdulloh, Tojuddin) Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Masʼud al-Masʼudiy al-Xurosoniy al-Marvaziy al-Panjdehiy (hijriy 522-yil rabiussoniy oyining boshi (milodiy 1128-yil)da tugʻilib, hijriy 584-yil rabiulavval oyi (milodiy 1188-yil)da Damashqda vafot etgan) – shofiʼiy faqih, sufiy, muhaddis, adib va tilshunos olim boʻlgan. U al-Malik al-Afzal ibn Salohuddinni tarbiyalagan. Misrda majlislar oʻtkazgan.

Asarlari „Sharhu-l-maqomot li-l-Haririy“ („Haririy bitgan maqomlarga sharh“, bu – besh yirik jilddan iborat asar); „al-Iʼtibor fi nosix va mansuxi-l-hadis“ („Hukmlar chiqarishda boshqa hukmlarni bekor qiluvchi yoki oʻzining huquqiy kuchini yoʻqotgan hadislarga eʼtibor qaratish“); „al-Izoh fi jamʼi-l-magʻrib“ („Shom namozini qoʻshib oʻqish xususidagi izoh“); „al-Avzoh fi sharhil-maqomot“ („Sharhu-l-maqomot“ga izohlar").

Manbalar