Gazlangan suv (shuningdek, Gazli suv, Sodali suv hamda AQSh da Selzer suvi) – erigan karbonat angidrid gazini oʻz ichiga olgan suvdir. Karbonatsiya kichik pufakchalar paydo boʻlishiga sabab boʻladi .
Tarkibi
Gazlangan suvlar tarkibiga koʻra, oz miqdorda natriy xlorid, natriy sitrat, natriy bikarbonati, kaliy gidrokarbonat, kaliy sitrat, kaliy sulfat va natriy gidrosulfatni oʻz ichiga oladi.
Sogʻliqqa taʼsiri Gazlangan suvlar inson salomatligiga unchalik salbiy taʼsir qilmaydi. AQSh qonunchiligiga koʻra, gazlangan suv oziq-ovqat mahsulot sifatida belgilanadi. Gazlangan suv odamlarda ich qotishiga qarshi yordam berishi mumkinligi haqida taxminiy nazariyalar mavjud.
Manbalar
Turkum:Suv