W3Schools – dasturlashni onlayn oʻrganishga ixtisoslashitirilgan bepul taʼlim veb-sayti. Dastlab 1998-yilda chiqarilgan, oʻz nomini World Wide Webdan olgan, lekin W3 Konsorsiumiga aloqador emas. W3Schools veb dasturlashning barcha jihatlarini qamrab oluvchi kurslarni taklif etadi. W3Schools bepul HTML shablonlarini ham nashr etadi. Norvegiyadagi Refsnes Data tomonidan boshqariladi. Unda TryIt Editor nomli onlayn matn muharriri mavjud boʻlib, oʻquvchilar misollarni tahrirlashlari va kodni sinov muhitida ishga tushirishlari mumkin.

Funksiyalari Saytda tushuntirishlar bilan manba kodlari misollari ingliz tilida bepul koʻrsatiladi. Ularning aksariyati jonli muharrirda interaktiv tarzda amalga oshirilishi mumkin. Foydalanuvchi koʻrsatilayotgan kodga eʼtiborini qaratishi uchun boshqa muhim kod elementlari yashiriladi. Qoʻllanmalar dasturlash tillari boʻyicha alohida boblarga boʻlingan. Asoslardan tashqari, amaliy dasturlash variantlari va misollar, shuningdek, dasturlash tilining alohida elementlariga eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, veb-dasturlashdagi maʼlum mavzularni yoritadigan va tushuntiradigan YouTube kanali hamda Internet forumi mavjud. HTML, CSS, JavaScript, JSON, PHP, AngularJS, SQL, Bootstrap, Node.js, jQuery, XQuery, Ajax va XML tillari qoʻllab-quvvatlanadi..

Yana qarang

MDN Web Docs – shunga oʻxshash veb-sayt

Manbalar

Havolalar

Turkum:Veb-dizayn Turkum:Norvegiya taʼlim veb-saytlari Turkum:Norvegiya dasturiy taʼminot kompaniyalari Turkum:Kompyuter saytlari