Muhammad as-Samarqandiy Muhammad ibn Yusuf ibn Muhammad ibn Ali ibn Muhammad al-Alaviy as-Samarqandiy, al-Madaniy, al-Hanafiy (milodiy 1161-yil, Samarqandda vafot etgan) — faqih, mutakallim, mufassir, voiz va bir qancha ilmlar sohibi bo‘lgan. Hajga borgan va qaytishda maʼlum bir muddat Bag‘dodda yashagan. Samarqandda 556-hijriy yilda vafot etgan. Asarlari „al-Jomiʼ al-kabiyr fi-l-fatovo“ („Fatvolarning katta to‘plami“) „alFiqh an-nofiʼ“ („Foydali fiqh“) „Riyozatu-l-axloq“ („Axloq tarbiyasi“) „al-Multaqat fi-l-fatovo al-hanafiya“ („Hanafiy fatvolar haqida yig‘ma kitob“) „Bulug‘u-l-irb min tahqiq istiorati-l-arab“ („Arablarning istioralarini o‘rganishda mahoratga erishish“) „al-Fiqh an-nofiʼ fi-l-fiqhi-l-hanafiy“ („Hanafiylikdagi foydali fiqh“) „Bayon riyozati axloqi-n-nafs“ („Nafs tarbiyasining bayoni“).

Manbalar