Muhammad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (Shamsuddin) (hijriy 780-yil (milodiy 1379-yil)da vafot etgan) — asli samarqandlik bo‘lgan, qiroat ilmini bilgan. Hamadonda tug‘ilgan. Bag‘dodda yashagan.
Asarlari „as-Sanoiʼ allati iltazamaha fi Musʼhaf“ („Musʼhaf yozishdagi mahorat“, muallif ushbu asarni o‘z dastxati bilan yozgan); „al-Qiroatu-s-sabʼ“ („Yetti xil qiroat“); „Kashfu-l-asror fi rasmi masohifi-l-amsor“ („Turli shaharlardagi musʼhaflarning yozuvidagi sirlarning kashf etilishi“); „at-Tajrid fi-t-tajvid“ („Tajviddagi tajrid“); „al-Aqdal-farid fi nazmi-t-tajrid“ („Tajrid nazmidagi yagona marjon“); „Izohu-l-xavolif fi rasmi masohifi-s-savolif“ („Salaflar tomonidan ko‘chirilgan Musʼhaf nusxalaridagi xatlarning turli-tumanligiga izoh“); „Izohu-l-qavoid fi-l-muammo“ („Muammo janri haqidagi qoidalarga izoh“).
Manbalar