(Abu Bakr) Muhammad ibn Ahmad ibn al-Husayn ibn Umar ash-Shoshiy, at-Turkiy, ash-Shofiʼiy ((Muharram oyi Mayoforiqinda hijriy 429-yil (milodiy 1038-yil)da tug‘ilib, hijriy 507-yil shavvol oyi (milodiy 1114-yil) Bag‘dodda vafot etgan) — „al-Mustazhiriy“ nomi bilan tanilgan faqih. So‘ngra Bag‘dodga kelgan. Bir jamoa talabalar undan taʼlim olib, kamolot kasb etgan. Nizomiya madrasasida o‘quv bilan bog‘liq ishlarni boshqargan. U Shayx Abu Isʼhoq ash-Sheroziy qabrining yoniga dafn etilgan.
Asarlari „Hilyatu-l-ulamo fi mazohibi-l-fuqaho“ („Faqihlarning mazhablari haqida ulamolarning ziynati“, muallif uni xalifa al-Mustazhirga bag‘ishlab yozgan va „al-Mustazhiriy“ deb nomlagan, 2 jildli); „Sharhu muxtasari-l-Muzniy“ („Muzniyning muxtasariga sharh“, muallif uni „ash-Shofiy fisharhi-l-komil“ deb nomlagan, 20 katta jildda); „at-Targ‘ib“ („Targ‘ib“); „al-Umda“ („Tayanch“); „al-Muʼtamid“ („Ishonchli manba“).
Manbalar