Muhsinjon Hamidullo oʻgʻli Ubaydullayev (; 15-iyul 1994-yil) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va „Neftchi“ klubi himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati Paxtakor jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati 2013-yil „Paxtakor“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2015-yilgi mavsumda Fargʻonaning jamoasi „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Keksa chinorlar“ tarkibida 3 yil davomida harakat qilib jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2018-yilgi mavsumda 3 yillik faoliyatdan soʻng jamoasini oʻzgartirdi. Dastlab Muborakning „Mash’al“ klubi bilam shartnoma imzolagan xolda transferni oynasini soʻnggi kunlarida jamoasini Navoiyning „Qizilqum“ klubiga oʻzgartirdi. Navoiyliklar safida 4 yil davomida harakat qildi va 2022-yilgi mavsumda sobiq jamoasi „Neftchi“ klubi tarkibiga qaytdi.

Milliy terma jamoa Ubaydullayev terma jamoalar tarkibida kattalar jamoasida tashqari barcha yosh toifasida harakat qilgan. Terma jamoalar safidagi eng katta yutugʻi FIFA U-17 jahon chempionati 2011 va FIFA U-20 jahon chempionati 2013 da harakat qilgani edi.

Yutuqlar

Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Manbalar

Havolalar

Muhsinjon Ubaydullayev Transfermarkt saytida Muhsinjon Ubaydullayev Soccerway saytida Muhsinjon Ubaydullayev OʻzPFL saytida Muhsinjon Ubaydullayev Sorare saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar