(Abu Bakr) Muhammad ibn Sobit ibn al-Hasan ibn Ibrohim al-Xujandiy, ash-Shofiʼiy (hijriy 483-yil zulqaʼda oyi (milodiy 1090-yil)da vafot etgan) — voiz, faqih, muhaddis, usul al-fiqh boʻyicha yetuk olim boʻlgan. Isfahonga kelib, shu yerda muqim istiqomat qilgan. Abu Sahl al-Abivardiy huzurida faqih boʻlib yetishgan. Jamoadan hadis tinglagan va oʻzi ham jamoaga hadis aytib bergan. Shu yerda madrasani tugatib, dars bergan.

Asarlari „Ravzatu-l-manozir“ („Munozaralar boʻstoni“); „Zavohiru-d-durar fi naqdi javohiri-n-nazar“ („Nazar javohirlarini bartaraf etishdagi durlar guldastasi“).

Manbalar