— Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi qishloq. Qishloq nomining kelib chiqishi "faqat nonni emas ,balki nonning ushog'ini ham halollab yemoq" degan ma'noni anglatadi. Ushoqtepa qishlog'i hududida 2 ta maktab bor. Har yili Navro'z bayrami qishloqdagi 84-maktab hududida keng nishonlanadi.Navro'z bayramining Kurash musobaqasi ayniqsa juda keskin ruhda o'tadi . Bundan tashqari Qurbon hayit va Ro'za hayit bayramlarida qishloq aholisi temir yo'l tarafida joylashgan Isfaxon tepadagi qabristonga chiqishadi va imomlar o'tganlar ruhiga duolar o'qiydi.Qishloq aholisi asosan qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi( ya'ni ekin ekish, bog'dorchilik, va shu kabi yo'nalishlar).

Manbalar

Turkum:Koson tumani aholi punktlari Turkum:Qashqadaryo viloyati qishloqlari