Islom Zoirov (, ; 2002-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – tojikistonlik professional futbolchi, hozirda Hosilot Farxor jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Klublardagi faoliyati Islom Respublika oliy sport mahorati maktabida (ROSHSM) futbol bilan shugʻullangan va u yerda oʻz avlodining eng yaxshi oʻyinchilardan biri boʻlgan. 2016-yilda 1999—2000-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Tojikiston chempioni unvonini qoʻlga kirigan. 2017-yil yakunlariga koʻra, Tojikiston futbol federatsiyasining „Yil kashfiyoti“ mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Faoliyatini 2019-yilda „Lokomotiv-Pomir“ jamoasida boshlagan. 2019-yilgi mavsum yakuniga koʻra, jamoa Birinchi liga turnirida gʻolib boʻlib, Tojikiston Oliy ligasiga yoʻllanma olgan. Zoirov 2020-yil 19-aprelda Dushanbe CSKA jamoasiga qarshi oʻyinda (3:1) Oliy ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. 2020-yil oxirida 18 yoshli futbolchi Rossiyaning „Ximki“ jamoasiga sinovdan oʻtish uchun yoʻl olgan.

Shunga qaramay, keyingi mavsumni u Dushanbe>ning „Istiqlol“ jamoasida boshlagan. Jamoa tarkibida AFC Kubogida ilk bor qatnashgan. 2021-yilgi mavsum yakuniga koʻra, „Istiqlol“ bilan birga Tojikiston chempionatida gʻolib boʻlgan va Tojikiston Kubogi finaliga chiqqan. 2022-yil may oyida „Istiqlol“ hal qiluvchi oʻyinda „Xoʻjand“ klubini 1:0 hisobi bilan yengib, Tojikiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2022-yil iyul oyida u totalizatorda oʻynagani uchun uch yilga Tojikistondagi musobaqalalrda ishtirok etishdan chetlatilgan va Tojikiston futbol federatsiyasi tomonidan 10 ming somoniy jarima olganidan soʻng jamoani tark etgan.

2022-yilning sentyabridan oktyabr oyigacha Qrim Premyer-ligasida Alushtaning „Aluston-YUBK“ jamoasida toʻp surgan. Keyinchalik Rossiyada Media futbol ligasida oʻynagan. 2024-yil yozida Zoirovning Tojikistondagi taqiqi yumshatildi va u Tojikiston chempionatining „Hosilot“ klubiga qoʻshilib, professional futbolga qaytishga muvaffaq boʻlgan.

Terma jamoadagi faoliyati Tojikistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida oʻynagan. 14 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan birga 2016-yilgi OFK mintaqaviy futbol festivalida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida 2018-yilda Malayziyada oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan, keyinchalik esa 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Braziliya mundialida jamoa sardori vazifasini bajargan. 2018-yilgi Qozogʻiston Prezidenti kubogining bronza medali sovrindori. 2019-yilgi Granatkin xotira turniri ishtirokchisi.

Tojikiston milliy terma jamoasi safida 2020-yil 7-noyabrda Bahraynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (0:1) debyut qilgan. 2022-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilgan Navroʻz kubogida bronza medal sohibi boʻlgan. Milliy terma jamoa safida jami 8 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan (Tailand darvozasiga).

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami Dvizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Istiqlol 20212021 FC Istiklol season Tojikiston oliy ligasi 23 2 4 0 1 0 0 0 28 2 20222022 FC Istiklol season 6 1 0 0 5 0 1 0 12 1 Jami 29 3 4 0 6 0 1 0 40 3 Umumiy 29 3 4 0 6 0 1 0 40 3 Izohlar

Xalqaro Tojikiston terma jamoasi Yil Isht Gol 2020 2 0 2021-yil 5 1 2022 1 0 Jami 8 1 2022-yil 29-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Hisob va natijalar birinchi boʻlib Tojikistonning gollar sonini sanab oʻtadi. № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2021-yil 29-may Xolid bin Muhammad stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari 2 – 2 2–2 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar

Istiqlol

Tojikiston Oliy ligasi (1): 2021 Tojikiston Superkubogi (1): 2022

Manbalar

Havolalar

Islom Zoirov Transfermarkt saytida

Turkum:12-yanvarda tugʻilganlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Koʻlobda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Lokomotiv-Pomir klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Xosilot klubi futbolchilari Turkum:Aluston-YUBK Alushta futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari