MacBook Pro — Apple Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan Mac noutbuklari seriyasi. 2006-yil yanvar oyida taqdim etilgan boʻlib, MacBook oilasida yuqori segmentda joylashgan. Hozirda u 13 dyuym, 14 dyuym va 16 dyuym oʻlchamli ekranlar bilan ishlab chiqariladi. Ularning barchasida Apple silicon-M seriyali chiplaridan foydalanilgan.
MacBook Pro noutbukida PowerBook G4 dizaynidan foydalanilgan, ammo PowerPC G4 chiplarini Intel Core protsessorlari bilan almashtirilgan, veb-kamera qoʻshilgan va MagSafe quvvat ulagichini oʻrnatilgan. 15 dyuymli model 2006-yil yanvar oyida, 17 dyuymli model esa shu yil aprel oyida taqdim etilgan. Keyingi versiyalarga Intel Core 2 Duo protsessorlari va LED yoritgichli displeylar qoʻshildi.
Unibody modeli 2008-yil oktyabr oyida 13 va 15 dyuymli variantlarda sotuvga chiqarildi, 2009-yil yanvar oyida esa 17 dyuymli variant qoʻshildi. Korpusi yaxlit alyuminiy boʻlagidan ishlangani uchun „yaxlit korpusli“ deb nom oldi. U yupqaroq, tekis displeyga, butun yuzasi bittada bosiladigan tugmadan iborat boʻlgan trekpadga va qayta ishlangan klaviaturaga ega edi. Yangilanishlar , va bilan taqdim etildi.
Retina MacBook Pro 15 dyuymli modeli 2012-yil iyun oyida, 13 dyuymli modeli shu yil oktyabr oyida taqdim etilgan. U avvalgisidan yupqaroq, SSD standartiga moslangan, HDMI slot qoʻshilgan va yuqori aniqlikdagi Retina displey bilan jihozlandi. Ethernet, FireWire portlari va optik disk sloti olib tashlandi.
2016-yil oktyabr oyida chiqarilgan MacBook Pro maʼlumot almashish va quvvatlanish uchun moʻljallangan USB-C portlari bilan ishlab chiqarildi va sayozroq „butterfly“ mexanizmli klaviatura bilan taqdim etildi. Asosiy modeldan tashqari barcha modellarda funksiya va yoqish tugmalari oʻrniga Touch ID sensor ekranli chiziq bilan almashtirildi.
2019-yil noyabr oyida taqdim etilgan MacBook Pro Touch Bar yangi versiyasida — Magic Keyboard bilan taqdim etildi. 2020-yil may oyida ekrani torroq ramkalarda oʻrnatilgan 16 dyuymli dastlabki modeldan keyin, 13 dyuymli model paydo boʻldi. Sensorli panel ham oʻzgartirildi, foydalanuvchilar ESC tugmachasi yoʻqolib qolgani va kompyuter oynasidan chiqmasligi haqida shikoyat qilishgan. Shu sababli, Touch Bar chiqishidan oldin standart boʻlganidek, butun tugma sifatida qaytarildi.
MacBook Pro Touch Bar yana bir versiyasi 2020-yil noyabr oyida chiqarilgan. Bu Apple tomonidan ishlab chiqilgan Apple M1 tizimida ishlaydigan birinchi MacBook Pro edi.
14 va 16 dyuymli MacBook Pro ikkalasi ham 2021-yil oktyabr oyida chiqarilgan. bilan quvvatlanadi. Ular faqat chipdagi Apple silicon tizimida ishlaydi. Ushbu modellarda MagSafe, funksional klavishlar va MacBook Pro Touch Bardan olib tashlangan baʼzi boshqa elementlar qaytarildi.
Qayta ishlangan MacBook Air M2 bilan bir qatorda, Apple 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellarini chipi bilan yangiladi. Modellar, audio tizimiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa-da bir xil shassiga ega: Spatial Audio bilan mos keladigan dinamiklar va yuqori impedansli minigarnituralarni qoʻllab-quvvatlaydigan eshitish tizimi bilan taʼminlandiSpatial Audio sizga iPhone yoki iPad harakatini kuzatib boradigan qoʻllab-quvvatlanadigan videolardan uch oʻlchamli audioni eshitish imkonini beradi.
U kino uslubidagi taassurotni samarali yetkazadi, bunda tovushlar atrofingizdan — olddan, orqadan, yon tomondan — hatto boshingizdan ham kelayotgandek tuyuladi. Buning uchun Spatial Audio mos keluvchi film yoki videodagi 5.1, 7.1 va Dolby Atmos mikslaridan foydalanadi, yoʻnalishli audio filtrlarini qoʻllaydi va har bir quloqqa uzatiladigan turli tovushlarning chastotalarini 3D tovush landshaftida joy berish uchun sozlaydi..
Intel chipiga asoslangan Alyuminiy korpusli (2006—2008)
MacBook Pro dizaynida chiqarilgan. Unda chiplari Intel Core protsessorlari bilan almashtirilgan, kamerasi qoʻshilgan va qoʻshimcha quvvat ulagichi taqdim etilgan. Optik disk yupqaroq MacBook Proga sigʻishi uchun kichraytirildi; u PowerBook G4dagi optik drayverga qaraganda sekinroq ishlardi va ikki tomonli DVD disklarga yozish imkoni boʻlmagan. 15 dyuymli model 2006-yil yanvar oyida, 17 dyuymli model esa aprel oyida taqdim etilgan. 2007-yilda 15 dyuymli modelga, 2008-yilda esa 17 dyuymli protsessorlari va qoʻshildi. 2007-yilgi versiyada yangi video kartalari qoʻyildi. 2008-yilda protsessorlar yadrolariga yangilandi va touchpad kengaytirildi.
Har ikkala original 15 va 17 dyuymli MacBook Pro kompyuterlari kompyuteridagi slotlari oʻrnini bosadigan slotlari bilan birga ishlab chiqarildi. Birinchi avlod 15 dyuymli modellari ikkita USB 2.0 porti va portini oʻzida saqlab qoldi. 17 dyuymli modellarda qoʻshimcha USB 2.0 porti, shuningdek, FireWire 800 porti 15 dyuymli dastlabki modellarda boʻlmagan. Barcha modellarga kiritilgan. Keyinchalik modellar va Bluetooth 2.1 funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan boʻldi.
PowerBook G4 dizaynini qoʻllash 2008-yil 14-oktyabrda 15-dyuymli va 2009-yil 6-yanvarida 17 dyuymli modellar uchun toʻxtatildi.
chipidan foydalangan holda 2007-yildan (15") 2008-yil oxirigacha (17") ishlab chiqarilgan MacBook Pro modellarida GPU chipida nosozliklar kuzatilgan. Apple xatoni tan olishdan va sotib olingan kundan keyin 4 yil davomida platalarni bepul almashtirishdan bosh tortgan. NVIDIA bu muammoni tan olgan va keyinchalik foydalanuvchilar oʻzlari almashtirib olishlari mumkin boʻlgan grafik protsessorlar ishlab chiqargan.
Yaxlit korpusli (2008—2012)
2008-yil 14-oktyabrda kompaniya shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Apple rasmiylari tomonidan „toʻliq alyuminiy korpusli“ va MacBook Air kabi toraygan tomonlariga ega yangi 15 dyuymli MacBook Pro namoyish qilindi. Dizaynerlar MacBook Pro portlarini korpusning chap tomoniga va MacBook kabi old tomondan oʻng tomonga oʻtkazishdi. Yangi MacBook Pro kompyuterlarida komplektatsiyaga qarab, foydalanuvchi almashtira oladigan ikki xil video karta: 256 megabaytli Nvidia GeForce 9400M yoki 512 megabaytli Nvidia GeForce 9600M GT qoʻyilgan edi1 MB = 10242 B (1 MiB). Ajratilgan umumiy tizim xotirasi 256 gigabaytni tashkil etdi. FireWire 400 porti olib tashlandi, DVI porti Mini DisplayPort sloti bilan almashtirildi. MacBook Pro foydalanuvchi tomonidan olinishi mumkin boʻladigan batareya bilan ishlab chiqarildi. Apple shirkati ushbu qurilmaning quvvatini besh soatga yetishi mumkinligini daʼvo qilgan. Foydalanuvchilardan biri esa, videoizohda doimiy batareya kuchlanish sinovi natijalarini toʻrt soatga yaqinroq ekanini isbot qilgan. Apple shirkati qurilma 300 marta qayta zaryadlangandan keyin batareya 80% zaryadini ushlab turishini maʼlum qilgan.
Yagona konstruksiyali MacBook Pro asosan original alyuminiy iMac va MacBook Air uslubiga yaqinroq dizaynda chiqarildi. Ekrani kengroq, tasvir chuqurroq va avvalgi modellardan bir oz yupqaroq boʻlgan. Ekran yorqinligi yuqori boʻlib, bir chekkadan boshqa chekkagacha aks beruvchi shisha qoplamasi bilan qoplangan. 15 va 17 dyuymli modellarda antiblik qumsimon qoplama varianti mavjud. Butun trekpaddan foydalanish mumkin va bosiladigan tugma vazifasini bajaradi. Trackpad alyuminiy modellarnikidan ham kattaroq joy oldi. 2010-yil aprel oyida yangilangan modellarida inertsiyaviy aylantirish imkoni qoʻshildi. Bu esa Macbook Pro dizaynini iPhone va iPad dizayni bilan oʻxshash qildi. Avvalgi modellardagi kabi, klavishlar yonadigan va standart botiq klaviatura bilan bir xil boʻldi.
2009-yil 6-yanvar boʻlib oʻtgan koʻrgazmasida Phil Schiller tomonidan 17 dyuymli bir korpusli MacBook Pro namoyish qilindi. Ushbu versiya 15 dyuymli versiyadan anti-blik ekran varianti va foydalanuvchi tomonidan chiqarib olinmaydigan litiy-polimer batareyasi bilan ajralib turardi. Gʻilof ichidagi anʼanaviy yumaloq yacheykalar oʻrniga, boʻsh joydan maksimal darajada foydalanish uchun litiy-ionli polimer batareyalar shakllantiriladi va har bir noutbukka oʻrnatiladi. Zaryad oqimini optimallashtirish uchun chipdan foydalanadigan adaptiv zaryadlash batareyaning umumiy ishlash muddatini uzaytiradi. 17 dyuymli versiya uchun batareyaning ishlash muddati sakkiz soatni tashkil qiladi, bu zaryadning 80 foizi 1000 ta zaryadsizlanish siklidan keyin oʻchadi.
2009-yil 8-iyunda boʻlib oʻtgan Apple butunjahon dasturchilar konferensiyasida 13 dyuymli MacBook yangilanishi va MacBook Pro deb qayta nomlanishi, MacBook qatorida faqat oq polikarbonatli MacBook qoldirilishi eʼlon qilindi. Bundan tashqari, butun MacBook Pro liniyasi birinchi marta 17 dyuymli MacBook Pro koʻrinishida taqdim etilgan. Unda foydalanuvchi tomonidan olib boʻlmaydigan batareyadan foydalanilishi eʼlon qilindi. Yangilangan MacBook Pro 13 va 15 dyuymli noutbuklarining batareya quvvati 7 soatgacha, 17 dyuymli esa 8 soatgacha yetishi aytildi. Baʼzi foydalanuvchilar 13 va 15 dyuymli MacBook Pro kompyuterlarining batareya quvvati foydalanish paytida sakkiz soatga yetishi haqida xabar berishgan, boshqalari esa taxminan olti soatligini xabar qilishgan. Apple rasmiylari 17 dyuymli MacBook Pro batareyasini 80 foizidan pasaymagan holda, 1000 martaga yaqin zaryadlanganda ishllash mumkinligini aytishgan. 13 dyuymli va 15 dyuymli asosiy model faqat GeForce 9400M GPU bilan taʼminlangan boʻlsa-da, grafik karta imkoniyatlari avvalgi versiyadagidek saqlanib qoldi. Ekranlar ham takomillashtirilib, ranglar gammasi 60 foizga oshirildi. 2009-yil oʻrtalarida ushbu modellarning barchasi FireWire 800 portini oʻz ichiga olgan va 17 dyuymli modellardan tashqari barchasiga SD karta uchun slot oʻrnatildi. 17 dyuymli modellarda ExpressCard/34 sloti saqlanib qoldi. 13 dyuymli MacBook Pro uchun Kensington qulfi korpusning oʻng tomoniga koʻchirildi. 2009-yil avgust oyida Apple 15 dyuymli MacBook Pro modellariga antiblik displey qoʻshdi.
2010-yil 13-aprelda 15 va 17 dyuymli modellar Intel Core i5 va Core i7 protsessorlarida taqdim etildi. 13 dyuymli modellarda esa Core 2 Duoni protsessorlari saqlab qolindi. Quvvat bloki qayta ishlab chiqildi va 15 dyuymli modellar yuqori aniqlikdagi displey (1680 × 1050) bilan taqdim etildi. 13 dyuymli modellarda Nvidia GeForce 320M birikkan grafik chipi va 256 megabayt umumiy xotiraga ega boʻldi. 15 va 17 dyuymli modellar umumiy xotirasi esa 256 yoki 512 megabaytli GeForce GT 330M ajratilgan xotiraga yangilangan. 15 va 17 dyuymli modellar, shuningdek, Core i5 va i7 protsessorlariga birikkan Intel GPU chipiga ega boʻldi. 15 dyuymli model ogʻirligiga yana 0,045 kilogramm qoʻshildi. Uchinchi USB 2.0 slotidan tashqari, 17 dyuymli MacBook Pro qurilmalaridagi barcha portlar 15 dyuymli versiyadagi kabi bir xil turda va miqdorda chiqarildi. Barcha modellar 8 gigabaytgacha kengaytirilishi mumkin boʻlgan 4 gigabayt tizim xotirasi bilan taʼminlangan. Batareyaning ishlash muddati ham uzaytirildi, 13 dyuymli qurilmalar 10 soat, 15 va 17 dyuymli qurilmalarda 8-9 soat quvvat bilan taʼminlay oladigan batareyalar qoʻyildi. Bunga energiya samaradorligini oshirish va batareya quvvatini oshirish orqali erishildi. Foydalanuvchilardan biri 15 dyuymli qurilma batareya quvvatini doimiy video-sinovdan oʻtkazib, batareyaning taxminan 6 soat ishlashi mumkinligini maʼlum qildi. Boshqasi esa batareyaning ishlash muddatini „mukammal“ deb atadi va 13 dyuymda oʻzining „juda talabchan sinovi“ bilan batareyaning zaryadsizlanishi 8 soatga yaqinroq boʻlishini aytdi.