Jasur Baratovich Hakimov (1994-yil 24-may Oʻrta Chirchiqda tavallud topgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Pozitsiyasi boʻyicha hujumchi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasida toʻp suradi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musoboqalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyati „Paxtakor“ jamoasi akademiyasidan boshlagan. Paxtakor jamoasida 2014-yilgacha oʻrinbosarlar jamoasida toʻp surgan. 2014-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2016-yilgi mavsumda yana poytaxt jamoasiga qaytgan Jasur mavsumda yana ijaraga berildi, bu safar Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga. Madanchilar safida yarim mavsum davomida oʻz oʻrnini topa olmagach yozgi transfer oynasi vaqtida sherlar safiga qaytdi. „Paxtakor“ jamoasi bilan keyinchalik 2 yil davomida faoliyat olib bordi va 2018-yil yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Supurligasining boshqa bir jamoasi, Qoʻqonning „Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga oʻtdi. Mavsum yakunlangach 2019-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasini Olmaliqning „AGMK“ jamoasi yoʻnalishida oʻzgartirdi. 2020-yildi mavsumda navbatdagi jamoa, Buxoroning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Buxoroliklar safida bir mavsum davomida yoʻp surga xolda jamoa bilan xayrlashdi. 2021-yil mavsum oldidan Oʻzbekiston Supurligas debyutanti, Yaypanning „Turon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yaypan jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surga xolda, Ulugʻbek Baqoyev boshchilik qilayotgan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtdi. Mavsum yakunlangach jizzaxlilar bilan shartnomasi yakunlandi va 2022-yilgi mavsum oldidan jarohat odi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ jamoasi bilan mashgʻulot olib bordi. 2022-yil yozgi transfer oynasida Toshkent jamoasi bilan shartnoma imzolab, hozirgacha shu jamoada toʻp surmoqda. 2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 6 ta gol urib jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2024-yilning yanvar oyida „Lokomotiv“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Milliy terma jamoa Oʻzbekiston Oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalar safida 2011 va 2013-yilgi jahon chemppionatlarida toʻp surgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasi Ikkinchi oʻrin: 2021 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019 Oʻzbekiston Liga Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi Ikkinchi oʻrin: 2019
Manbalar
Havolalar
Jasurbek Hakimov – Pfl.uz
Transfermarkt.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari