“Kanz al-ummol fi sunan al-aqvol val-af’ol” (arab. كنز العمال في سنن الأقوال والأفعال) - islom olimi Ali ibn Abdulmalik al-Hindiy (1472 - 1567) tomonidan jamlangan hadislar toʻplami.

Tavsif “Kanz al-ummol” Jaloliddin Suyutiy yozgan “Jomi’ al-kabir” asarining tartiblangan shaklidir. Kitobda 46000 ga yaqin hadis mavjud boʻlib, ularning ishonchliligi turlicha. Unda uchraydigan hadislar toʻliq zanjirsiz keltirilgan va asarda toʻqib chiqarilgan hadislar ham boʻlishi mumkin. Nashrlari - Birinchi marta Haydaroboddagi “Doirat al-Maorif” tomonidan nashr etilgan va Jomea Nizomiya olimlari tomonidan tahrirlangan. - “Dor al-Kutub al-Ilmiyya” tomonidan nashr etilgan, Livan, 1998, Mahmud Umar ad-Dimyotiy tahririda.

Manbalar

Turkum: Hadislar Turkum: Diniy adabiyot