Vladimir Anatolyevich Vlasichev (1955-yil 20-aprel) – sovet va qirgʻizistonlik futbol murabbiy va nafaqadagi futbolchi. Futbolchilik faoliyati davomida asosan himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Murabbiylik faoliyatida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston jamoalarida ishlagan.

Faoliyati

Klub faoliyati Futbolchi sifatida SSSR ikkinchi ligasi klublarida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston SSR sharafini himoya qilgan. „Boʻston“ (Jizzax) tarkibida 1979-yilda ikkinchi liga zona turniri gʻolibi boʻldi. 1980-yillar boshida u „Alay Osh“ jamoasi safida 100 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati 1989-yilda „Alay“ murabbiylar shtabida murabbiylik faoliyatini boshlagan, 1990—1991-yillarda esa klubda bosh murabbiy boʻlib ishlagan. SSSR parchalanganidan keyin bir muddat Oʻzbekistonda „Soʻgʻdiyona“ klubi murabbiylar shtabida ishlagan.

1990—2000-yillar oxirida Qirgʻizistonning „Jashtyk-Ak-Altyn“ klubini boshqargan. 1999 va 2000-yillar natijalariga koʻra ikki marta Qirgʻizistonning eng yaxshi murabbiyi deb eʼtirof etilgan.

Keyinchalik Qirgʻiziston birinchi ligasining „Ak-Bura“ (Oʻsh), oliy liganing „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) klublarida jamoa boshligʻi va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2015-yilda Vladimir oʻgʻli Andrey bilan „Alay“ jamoasida ishlagan. Bir qator manbalarda Andrey Vlasichev bosh murabbiy, boshqalarda esa Vladimir bsoh murabbiyligi qayd etilganTOP-LIGA-2015: „Alay“ nachal podgotovku k novomu sezonu.

Shaxsiy hayot Ikki oʻgʻli Andrey (1981-yilda tugʻilgan) va Anatoliy (1988-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlishgan. Andrey Oʻzbekiston terma jamoasida, Anatoliy esa Qirgʻiziston terma jamoasi tarkibida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Vladimir Vlasichev Footballfactsru saytida

Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:20-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar