Zuhriddin Isomiddinov (1953-yil 1-yanvarda, Andijon, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2021), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirgʻiziston Milliy Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2019-yildan beri), Chingiz Aytmatov akademiyasi faxriy akademigi (2023).
Hayoti Yoshligi Zuhriddin Isomiddinov 1953-yil 1-yanvarda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Maʼmurobod qishlogʻida tugʻilgan. 1959—1969-yillarda Oʻsh viloyati Qorasuv tumanidagi maktabda oʻqigan.
Oliy taʼlimi 1971—1976-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Universitetni tamomlaganidan soʻng 1976—1998-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tarjima nazariyasi va adabiy aloqalar boʻlimida laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 1991-yilda Gʻaybulla Salomov rahbarligida, "Yaqin turkiy tillardan sheʼriy tarjimaning oʻziga xosligi („Manas“ eposi tarjimasi misolida)" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy rahbarligida 3 tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 6 nomzodlik ishiga rasmiy opponentlik qilgan.
Mehnat faoliyati 1969—1970-yillarda Oʻsh paxta tozalash zavodida ishchi; 1970—1971-yillarda Oʻsh viloyat gazetasida musahhih; 1998—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1-kotibi; 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston milliy kutubxonasi direktori; 2010-yildan to hozirgacha Respublika patent idorasi nashri – „Intellektual mulkni boshqarish“ jurnali tahrir hayʼati aʼzosi; 2003—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi direktori; 2011—2014-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Qoʻlyozmalar va nodir nashrlar xizmati rahbari; 2013-yildan „Jahon adabiyoti“ jurnali tahrir hayʼati aʼzosi; 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima kengashi raisi; "Oʻzbekiston-Qirgʻiziston“ doʻstlik jamiyatini taʼsis etish tashabbuskori va ijrochi direktori (1997-yildan).
Ijodiy faoliyati
Ilmiy-adabiy asarlari
„Qirgʻiz adabiyotini oʻzbek tiliga, oʻzbek adabiyotini qirgʻiz tiliga tarjima qilish masalalari“ (1976-yil, diplom ishi); „Qirgʻiz prozasini oʻzbek tiliga tarjima qilishga doir“ (1977-yil, maqola); „Toʻqtagʻul asarlari tarjimasi“ (1977-yil, maqola); „Tarjima tahlili“ (1977-yil, maqola, Sultonmurod Olimov bilan hammualliflikda); „Originaldan oshirib tarjima qilish mumkinmi?“ (1979-yil, maqola); „Aldoqchi soʻzlar bilan bahs“ (1980-yil, maqola); „Manas tipologiyasiga doir“ (1981 yil, maqola); "Sibirning koʻlamli tasviri. Georgiy Markovning „Sibir“ romani oʻzbek tilida" (1982-yil, maqola, Gʻaybulla Salomov bilan hammualliflikda); „Badiiy tarjima va… adabiy savod“ (1982-yil, maqola); „Soʻzdan soʻzning farqi bor…“ (1985-yil, maqola); „Alliteratsiya va tarjima“ (1986-yil, maqola); „Mirzakalon Ismoiliy“ (1986-yil, ilmiy ocherk); „Ilmiy anjumanlar“ (1988-yil, maqola); „Ulugʻ Vatan urushi davri oʻzbek tarjimachiligi“ (1988-yil, maqola); „Zumrad“ (1988-yil, ilmiy ocherk); „Xolida Ahrorova“ (1988-yil, ilmiy ocherk); „Manas“ oʻzbekcha soʻylaganda…" (1988-yil, maqola); „Tarjima ravnaqini oʻylasak…“ (1988-yil, maqola); „Qayta yaratish va aksiltarjimachilik“ (1989-yil, Gʻaybulla Salomov bilan suhbat); „Boqimonda nashrlar va boqibegʻam noshirlar“ (1989-yil, maqola, Gʻaybulla Salomov bilan hammualliflikda); „Aldoqchi soʻzlar“ bilan bahs" (1990-yil, maqola); „Ulugʻ Vatan urushi yillarida xorijiy tillardan tarjimalar“ (1990-yil, maqola); „Muharrir muqaddimasi“ (1991-yil, maqola); „Ikki olam yuki – tarjima“ (1991-yil, maqola); „Yaqin turkiy tillardan sheʼriy tarjima qonuniyatiga doir“ (1991-yil, maqola); „Til va nutq taʼlimi“ (1991-yil, maqola); "Yaqin turkiy tillardan sheʼriy tarjimaning oʻziga xosligi („Manas“ eposi tarjimasi misolida)" (1991-yil, fil.fan.nom.diss.); „Badiiy tarjimaning qonuniyatlariga doir“ (1992-yil, maqola); "Turkiy epos va tarjima masalalari („Manas“ Mirtemir talqinida)" (1995-yil, monografiya); „Manas“ning oʻzbekcha tarjimalari toʻgʻrisida" (1995-yil, maqola); „Turkiy xalqlar soʻz sanʼatining mushtarak jihatlariga oid“ (1997-yil, maqola); „Alpomish“ning sheʼriy tuzilishi haqida" (1998-yil, maqola); „Dil koʻprigi“ (1998-yil, maqola); „Pushkin va Choʻlpon“ (1999-yil, maqola); „Alpomish“ dostonining vaznlari xususida" (1999-yil, maqola); „Ollohga salom beriladimi?“ (1999-yil, maqola); „Oʻzbekning birinchi kalomi“ (1999-yil, maqola); „Olatovlik shoir“ (2000-yil, maqola); „Til gavhari“ (2000-yil, maqola); „Ikki soʻzning ishkali“ (2000-yil, maqola); „Soʻz dehqoni“ (2001-yil, maqola); „Tasavvuf – mistika deganimi?“ (2001-yil, maqola); „Tupik emas, tublik“ (2001-yil, maqola); „Gullarni tonnalab oʻlchab boʻlmaydi“ (2001-yil, maqola); „Chumchuq soʻysa ham…“ (2003-yil, maqola); „Har qatrasi durdona“ (2003-yil, maqola); „Navoiyning benavo nashri“ (2003-yil, maqola); „Bir stansiyaning toʻrt tarjimasi“ (2003-yil, maqola); „Millatning onasi“ (2004-yil, maqola); „Axborot ganjinasi“ (2004-yil, maqola, M.Hakimov bilan hammualliflikda); „Bizda notiqlar nega kam?“ (2004-yil, maqola); „Oʻzligimiz koʻzgusi“ (2004-yil, maqola); „Davrimizning Manas adibi“ (2004-yil, maqola); „Ona tilidagi joziba va grammatik sxolastika“ (2004-yil, maqola); „Ilmning boshi – eʼtibor“ (2005-yil, maqola); „Oʻzbek tilida tovushlar intensivligi“ (2005-yil, maqola); „Imloni bilmagan mullo boʻlmaydi“ (2005-yil, maqola); „Mohir tarjimon“ (2005-yil, maqola); „Manas“ (2005-yil, maqola); „Jumaniyoz Sharipov“ (2005-yil, maqola); „Suyunboy Eraliyev“ (2005-yil, maqola); „Toʻlagan Qosimbekov“ (2005-yil, maqola); „Rabita emas, robita“ (2006-yil, maqola); „Chini turganida afsona nechun?“ (2006-yil, maqola); „Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi“ (2006-yil, maqola); „Axborot ganjinasi“ (2006-yil, maqola); „Tarjima millatni jahonga tanitadi“ (2007-yil, davra suhbati); „Sim qoqdi“ nima degani?" (2007-yil, maqola); „Zirapchani igna bilan…“ (2007-yil, maqola); „Shamolga sovurilayotgan… shamol“ (2007-yil, maqola); „Ikki ayol“ (2007-yil, maqola); „Zalolatga dalolat (qiluvchi kitoblar)“ (2007-yil, maqola); „Suv“ (2008-yil, maqola); „Kitoblar bilan bahs“ (2008-yil, maqola); „Boburning bir jumlasi“ (2008-yil, maqola); „Ilmiy-texnikaviy istilohlarni oʻzbek tilida berish prinsiplari va tamoyillari“ (2008-yil, maqola); „Sarkash savollar“ (2008-yil, maqola); „ISBN va ISSN. Nashrlarni identifikatsiyalashning yangi tizimlari haqida“ (2008-yil, maqola); „Oʻzbek tili qanday til?“ (2009-yil, maqola); „Bir qatraning favvorasi“ (2009-yil, maqola); „Oʻzbek tilining bir xossasi haqida“ (2009-yil, maqola); „Adabiy oʻxshashliklar“ (2009-yil, maqola); „Soʻzimiz va oʻzimiz“ (2009-yil, maqola); „Tiriklik ustuni“ (2009-yil, Sayyora Zoirovaning „Yaxshilari koʻp dunyo“ kitobiga soʻzboshi); „Muharrir muqaddimasi“ (2010-yil, Villi Kollinzning „Oq kiyingan ayol“ romaniga soʻzboshi); „Oʻzbek tilining ayrim xususiyatlari haqida“ (2010-yil, maqola); „Shevaning shikvasi“ (2010-yil, maqola); „Avlodlarga meros xazina“ (2010-yil, maqola); „Kim koʻribtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ…“ (2011-yil, maqola); „Tarix unutmaydi“ (2011-yil, maqola); „Klon tarjima“ (2011-yil, maqola); „Bolalar uchun kitob nashr etish masalasi“ (2011-yil, maqola); „Ximiya… kimyomi?“ (2011-yil, maqola); „Yopigʻliq qozon“ning ochilishi" (2011-yil, maqola); „Majburiy nusxa – majburiydir“ (2011-yil, maqola); „Tildagi har qatra tillodan qimmat…“ (2011-yil, maqola); „Til ham – bir vatan!“ (2011-yil, maqola); „Odamiyligʻ shevasi“ (2011-yil, maqola); „Til oʻrganish uchun tugʻma qobiliyat kerak“ (2011-yil, maqola); „Bilmaganlar ne bilar qadriyatlar qadrini…“ (2012-yil, maqola); „Davomli kulgi“ (2012-yil, Mixail Zoshchenkoning „Xira pashsha“ hikoyalar toʻplamiga soʻzboshi); „Inson taqdiri“ (2012-yil, Etel Lilian Voynichning „Soʻna“ romaniga soʻngsoʻz); „Bir taqdimot bahona…“ (2012-yil, maqola); „Kaminaning nomlari“ (2012-yil, maqola); „Milliy kutubxonani nodir va noyob manbalar bilan boyitish haqida“ (2012-yil, maqola); „Til oʻrganish uchun qobiliyat kerak“ (2013-yil, maqola); „Gʻafur Gʻulom tarjimalari“ (2013-yil, maqola); "Abdulla Qahhorning „Kartina“ hikoyasi, „Maftuningman“ kinokartinasi va konfliktsizlik „nazariya“si" (2013-yil, maqola); „Soqoqush fojiasi“ (2013-yil, maqola); „Luzumiy“ (2013-yil, maqola); „Hurlik fikrdan boshlanadi“ (2013-yil, suhbat); „Parilar va qaroqchilar“ (2014-yil, maqola); „Tarjimada milliylikni saqlash“ (2014-yil, maqola); „Sheʼriyat va maʼnaviyat oyi (Adabiyotimizning mavlud oyi)“ (2014-yil, maqola); „Kitob va turkum nashrlarning xalqaro raqamlarini qoʻllashning oʻziga xosliklari“ (2014-yil, maqola); „Kitob uchun qoʻllanadigan xalqaro standartlar“ (2014-yil, maqola); „Sogʻinish“ (2014-yil, maqola); „Tarjimada milliylik masalasi“ (2014-yil, maqola); „Zarrin koʻzgu“ (2014-yil, maqola); „Koʻcha yozuvlari. Ularda millat saviyasi aks etadi“ (2014-yil, maqola); „Terminlar tarjimasida meʼyor“ (2014-yil, maqola); „Olatogʻ“ bulbulining navolari" (2014-yil, maqola); „Milliy kutubxona“ fondlarini noyob manbalar bilan boyitish haqida" (2014-yil, maqola); „Bir qishloqning ming hangomasi“ (2014-yil, Tursunboy Adashboyevning „Gʻaroyib qishloqning ajoyib odamlari“ kitobiga soʻngsoʻz); „Eng madaniyatli shaxs – avvalo oʻz ona tilini chin qalbdan sevgan odamdir“ (2015-yil, suhbat); „Mutarjim ham ijodkor“ (2015-yil, maqola); „Ikki soʻzning ildizi“ (2015-yil, maqola); „Soqov xotin“ saboqlari" (2015-yil, S.Inomovning „Soqov xotin“ romaniga taqriz); „Pigmalion“ asari tarjimalari haqida" (2016-yil, maqola); „Oʻqub oʻtmak – uqub oʻtmak shiori“ (2017-yil, maqola); „Ne qilayin sening bila, ey til…“ (2017-yil, maqola); „Kel, noningni tuya qilib beraman!“ (2017-yil, maqola); „Tili yoʻq xalq bamisoli dili yoʻq odam“ (2017-yil, suhbat); „Tili yoʻq xalq – dili yoʻq xalq“ (2017-yil, maqola); „Noningizni tuya qilib beraymi?“ (2017-yil, maqola); „Manas“ maʼnosini inkishof etib…" (2017-yil, maqola); „Manas“ eposi va uning yangi tarjimasi haqida" (2017-yil, maqola); „Millatning nishoni“ (2017-yil, suhbat); „Yulduzimiz“ (2018-yil, maqola); „Islom Karimovning jasorati“ (2018-yil, maqola); „Koʻplar donishmand deb bildilar oʻzni…“(2018-yil, maqola); „Pochcha“ nima degani?" (2018-yil, maqola); „Hassa va hassakashlar“ (2018-yil, maqola); „Sen ham daryo, men ham daryo!..“ (2018-yil, maqola); „Oʻzbek va qirgʻiz doʻstlik munosabatlarining mustahkamlanishida Chingiz Aytmatovning tutgan oʻrni“ (2018-yil, maqola); „Pochcha“ soʻzining tarixiga oid" (2018-yil, maqola); „Qur’oni karimdan nurlangan umr“ (2018-yil, maqola); „Tarjima – ijodiy ish“ (2018-yil, maqola); „Mirzakalon Ismoiliy va til madaniyati“ (2018-yil, maqola); „Chingiz Aytmatov asarlarining oʻzbekcha tarjimalari haqida“ (2018-yil, maqola); „Adabiy aloqa – abadiy aloqa“ (2018-yil, maqola); „Oʻzbek alifbosini yana isloh qilish shartmikan?“ (2018-yil, maqola); „Nazarkarda (Baxtiyor Nazarov haqida)“ (2018-yil, maqola); „Islom Karimovning jasorati: u xalqaro ahamiyatga loyiq tadbirda Asqar Aqayevni tanqid qilgandi“ (2018-yil, maqola); „Aytishuvdan Aytmatovgacha“ (2018-yil, maqola); „Oʻrxoʻn boboning oʻgiti“ (2018-yil, maqola); „Mahatma Gandi ardoqlagan ulamo“ (2019-yil, maqola); „Gul tergani ketgan shoir“ (2019-yil, maqola); „Haqqoniy soʻz baxsh etgan ilhom“ (2019-yil, maqola); „Ona yurtim – Qirgʻiziston, Oʻsh…“ (2019-yil, risola); „Oʻzingdan chiqqan baloga…“ (2019-yil, maqola); „Dunyoda kim koʻp – manqurt koʻp“ (2019-yil, maqola); „Vijdonning isyoni“ (2019-yil, maqola); „Qamishdan bel bogʻlab…“ (2019-yil, maqola); „Imloni bilmagan mullo boʻladimi?“ (2019-yil, maqola); „Sayyoh“ sarguzashtlarning sabogʻi" (2019-yil, taqriz); „Tilloga teng tilimizning taqdiri“ (2020-yil, maqola); „Soʻz qismati (Etnografik etyudlar)“ (2020-yil, risola);