Abu Muhammad Sulaymon ibn Mehron al-Asadiy al-Kohiliy (680 – 764/65) (سليمان بن مهران) “al-A’mash” (الأعمش) nomi bilan ham tanilgan. U tobein avlodining olimi edi. U mashhur muhaddis va qori boʻlgan. Koʻzi yaxshi koʻrmagani uchun odamlar uni “al-A’mash” (xira koʻruvchi) deb atashgan.

Hayoti A’mash 680 (hijriy 61) yili Kufada tugʻilgan. U Banu Asad qabilasi Kohil urugʻining mavlosi boʻlgan. Otasi Eronning Damavand shahridan Kufaga koʻchib kelgan .

A’mash 764 (hijriy 147) yili Kufada vafot etgan, ammo koʻpchilik tarixchilar uni 765 (hijriy 148) yili rabiul-avval oyida vafot etganini aytishadi.

Uning mashhur shogirdlari orasida Abu Hanifa, Ibn Muborak, Sufyon Savriy, Sufyon ibn Uyayna va Fuzayl ibn Iyoz nomlari uchraydi.

Manbalar

Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar