Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich – 1965-yil 19-martda Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlogʻida tugʻilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.
Faoliyati
1986—1991-yillar— Namangan viloyati Chortoq tumani 3-maktab oʻqituvchisi;
1991—1992-yillar— Namangan davlat pedagogika universiteti (hozirgi NamDU) Umumtexnika kafedrasi oʻqituvchisi;
1992—1993-yillar— Moskva davlat pedagogika universiteti stajyor-tadqiqotchisi;
1993—1998-yillar— Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi;
1998—2001-yillar— Namangan muhandislik-pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri, fakultet dekani;
2001—2005-yillar— Namangan viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori;
2005—2010-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi;
2010—2011-yillar— Namangan muhandislik-pedagogika instituti „Pedagogika va pedagogik texnologiyalar“ kafedrasi mudiri;
2011—2012-yillar— T. N. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori;
2012—2015-yillar— Namangan viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi;
2015—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi;
2017—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri;
2017—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari;
2017—2020-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari;
2020—2025-yillar – Namangan davlat universiteti rektori..
Manbalar
Turkum:Deputatlar Turkum:Professorlar Turkum:Namangan viloyati kishilari