Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti — Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan institut hisoblanadi. Institut 1964-yil iyun oyida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali bazasida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Institut tuzilmasida 5 ta fakultet, 21 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi boʻlimlari, axborot-resurs markazi hamda akademik litsey mavjud.

Tarixi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti 1964-yil Toshkent davlat agrar universiteti negizida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan edi.

1992-yil Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 1992-yil 15-martdagi farmoniga asosan Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xoʻjalik instituti tashkil etildi.

2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018-yil 8-maydagi „Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-3704-son qarori asosida Andijon qishloq xoʻjalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali tashkil etildi.

2020-yil — Shavkat Mirziyoevning 2020-yildagi PQ-4795-son qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali negizida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.

Oʻquv faoliyati alt=px250|right|280x280px|thumb|AndQXAI talabalar yotoqxonasi Institut tuzilmasida 5 ta fakultet, 21 ta kafedra, magistratura va maxsus-sirtqi boʻlimlari, axborot-resurs markazi hamda akademik litsey mavjud.

Fakultetlar:

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti Oʻsimliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti Agrobiologiya fakulteti Agroinjeneriya va Gedromelioratsiya fakultetiti

Oʻqish muddati:

Bakalavriatura: kunduzgi — 4 yil, sirtqi — 5 yil, maxsus sirtqi — 3 yil

Magistratura — 2 yil;

Fan va tadqiqotlar: Ilmiy yoʻnalishlar va olimlar Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining xodimi Abdullayev Orifjon Odiljon oʻgʻli Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan „Turk dunyosining eng yaxshi oʻqituvchilari“ xalqaro tanlovida gʻolib boʻldi.

Manbalar

Turkum:Andijon Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar