Aleksandr Yakovlevich Butkov (1911-yil 25-mart, Gorchakova stansiyasi, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1981-yil 2-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — sovet botanik olimi, sistematik va geobotanik, Oʻzbekiston oʻsimliklari va florasi boʻyicha mutaxassis. Koʻp tomli „Oʻzbekiston florasi“ () monografiyasi mualliflaridan biri. Tarjimayi holi Aleksandr Butkov 1911-yil 25-mart kuni Gorchakova (hozirgi Margʻilon) stansiyasi temiryoʻl ishchisi oilasida tavallud topgan. 1934-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti fizik-matematika fakultetining biologiya boʻlimini tugatadi. Talabalik davridanoq Botanika bogʻida dori tayyorlovchi, soʻngra kichik ilmiy xodim, assistent boʻlib faoliyat koʻrsata boshlaydi. 1934-yili Butkov Xoʻja Gʻur-Gʻur ota gʻoriga qilingan ekspeditsiyada ishtirok etib, ushbu hududning birinchi botanik tavsifini tuzib chiqadi. 1944-yildan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universitetining Botanika bogʻiga rahbarlik qila boshlaydi. 1946-yilda zarpechak oʻsimlik turkumi boʻyicha dissertatsiyani yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy unvonini oladi. 1949-yildan Oʻrta Osiyo davlat universitetida katta oʻqituvchi, soʻngra darvinizm kafedrasi dotsenti boʻlib ishlagan. 1952-yilda Oʻzbekiston SSR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasini boshqara boshlaydi. Olim yongʻoqli-mevali oʻrmonlarning hosildorligini oʻgʻitlar yordamida oshirish gʻoyasini ilgari surib, ularni ekologik va fitotsenologik jihatdan oʻrganish bilan shugʻullangan. Koʻp tomli „Oʻzbekiston florasi“ () monografiyasi yozilishida ishtirok etgan. Adonis oʻsimligi boʻyicha monografik tadqiqot olib borgan. Oʻzbekistonning manzarali oʻsimliklari haqida kitob yozgan. 1981-yil 2-iyul kuni Toshkent shahrida 56 yoshida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Biologiya fanlari nomzodlari