Olga Fyodorovna Zvereva (2000-yil 5-mart, Fargʻona, Oʻzbekiston) — rossiyalik voleybolchi, hujumchi (wing spiker; ). Hozirda Kuban davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti talabasi.
Tarjimayi holi Olga Zvereva 2000-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston respublikasi Fargʻona shahrida tavallud topgan. 11 yoshida oilasi bilan birga Tambov viloyati, Michurinsk shahriga koʻchib oʻtadi. Bu yerda Zvereva shahardagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Y.N. Protasova murabbiyligi ostida voleybol bilan shugʻullana boshlagan. 3 yil oʻtib, Krasnodarga taklif etiladi va 2015-yildan ushbu shaharning „Dinamo“ voleybol klubida Rossiya chempionati Yoshlar ligasida oʻynay boshlaydi. 2017-yil 17-fevral kuni Superligada „Dinamo“ klubining „Yenisey“ voleybol klubiga qarshi oʻyini ilk professional faoliyatini boshlaydi, 10 raqam ostida oʻyinda ishtirok etib, jamoasiga 4 ochko olib berishi natijasida klub 3:0 hisobida gʻoliblikka erishadi.
2019-yildan „Dinamo“ voleybol klubining asosiy tarkibidan joy olgan.
2023-yilda „Uralochka-NTMK“ voleybol klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Rossiya milliy terma jamoasida Zvereva 7 raqami ostida harakat qiladi. 2015-yilda Rossiya spartakiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2017-yilda Zvereva Rossiya oʻsmirlar terma jamoasida oʻynaydi, jamoa bilan Yevropa chempionati gʻolib boʻladi, yana qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Yevropa yoshlar olimpiya festivalida bronza medali sovrindori (shuningdek, festivalda „Eng yaxshi toʻp oshiruvchi“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan) boʻlgan. 2018-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida kumush medalni, 2019-yilda Jahon chempionatida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Klubdagi faoliyati 2015—2020 — „Dinamo-2“(Krasnodar) — Yoshlar ligasi; 2017—2023 — „Dinamo“(Krasnodar) — Superliga; 2023-yildan — „Uralochka-NTMK“ (Sverdlovsk viloyati) — Superliga.
Yutuqlari
Klublarda 2018-yilgi Rossiya yoshlar ligasi Kubogi musobaqasida bronza medali sohibi; 2020-yilgi Rossiya Kubogi musobaqasida bronza medali sohibi. Terma jamoada 2017-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya festivalida bronza medali sohibi; 2017-yilgi qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi; 2017-yilgi qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sohibi; 2018-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medali sohibi; 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medali sohibi. Manbalar
Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar Turkum:Voleybolchilar