Alovuddin al-Kosoniy () Al-Kosoniy yoki al-Koshoniy ismlari ham maʼlum. XII asrda yashab oʻtgan sunniy musulmon huquqshunosi. Sunniy huquqshunosligidagi Hanafiy mazhabining nufuzli shaxsiga aylangan va sunniylik anʼanalarida eng keng tarqalgan huquq maktabi asoschilaridan boʻlib qolgan.
„Malik al-ulamo“ („Olimlar podshosi“) laqabini olgan. Asosiy asari Badoe’ as-sanoe’ () Hanafiy anʼanasining eng muhim islomiy huquqiy qoʻllanmalaridan biridir.
Hayoti
Yoshligi va turmushi Al-Kosoniy Fargʻonaning Koson (Kosonsoy) shahridan boʻlib, olimga qizi Fotima as-Samarqandiyni turmushga bergan hanafiy huquqshunosi Alouddin as-Samarqandiyning (vafoti 1144-yil) shogirdi boʻlgan. Kelinlik sovgʻasi sifatida olim kelinning otasiga „Tuhfat al-fuqaho“ ning huquqiy toʻplamiga sharh berishi lozim boʻlgan. „Badoeʼ as-sanoeʼ“ kitobi esa mahr sifatida qabul qilingan.
Faoliyati
Nomaʼlum sanada Kichik Osiyoga hijrat qilgan va Koʻniyadagi Rum-Saljuqiy turklari saroyida ishlagan. Bu yerda olim boshqa bir faqih bilan tortishib, hukmdor Mas’ud I ga shu qadar zoʻravon koʻrinadiki, hukmdor uni saroyda ushlab turishning iloji yoʻq deb hisoblaydi. Bahs mavzusi esa ijtihod boʻlgan. Raqibi al-Kosoniyni moʻtaziliy taʼlimotining vakili oʻlaroq ayblagan. Al-Kosoniy raqibiga musht tushirgach, hukmdor aralashib, bahsni tugattirganVgl. al-Qārī: al-Aʼmār al-'anīya. Bl. 88a..
Al-Kosoniy saroydagi xatti-harakati bilan saroyda qolish imkoniyatini yoʻqotganligi sababli, hukmdor olimni vazirining maslahati bilan Halabdagi Nuriddin Zangiyga elchi qilib yuborgan. Bu yerda Radiddin as-Saraxsiyning (vafoti 1149-yil) vorisi, Madrasa Hallaviyaga hanafiy huquqi professori etib tayinlangan.
Keyingi hayoti va oʻlimi
Keyingi hayoti haqida koʻp narsa maʼlum emas. Ali al-Qoriyning aytishicha, xotini Fotimaga qattiq bogʻlangan. Qachonki u kishida shubha paydo boʻlib, fatvo berishda xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa, ayol unga toʻgʻri hukmni bildirar va xato sababini tushuntirardi. Al-Kosoniy qobiliyatli huquqshunos boʻlsa-da, Fotima uning huquqiy fikrlarini tuzatgan va tahrir qilgan. Xotinining vafotidan keyin har payshanba kuni kechqurun Halab qal’asidagi Ibrohim ziyoratgohidagi qabrini ziyorat qilgan. 1191-yilda vafotidan keyin xotinining yoniga dafn qilingan.
Ustozlari Abul Mu’in an-Nasafiy va Alouddin as-Samarqandiy kabi taniqli olimlardan tahsil olgan.
Shogirdlari
Shogirdlari orasida Jamoliddin Gʻaznaviy ham boʻlgan.
Ilmiy ishlari
Al-Kosoniyning asosiy asari „Badoeʼ as-sanoeʼ fi Tartib ash-Sharoeʼ“ () zamonaviy bosma nashrda yetti jilddan iborat qoʻllan. Bu kitobni al-Kosoniyning ustozi as-Samarqandiyning qoʻllanmasiga yozgan sharhi deyishadi, ammo kitob sharh xususiyatiga ega emas, balki turli huquq sohalarining qatʼiy tizimli bayonidir. Al-Kosoniy har bir bobni kontur bilan boshlaydi, unda qaysi mavzularga murojaat qilmoqchi ekanligini tushuntiradi. Biroq uslubiy ravshan boʻlishiga qaramay, asar maʼlum bir davr mobaynida hanafiy huquqining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatmagan. Zamondoshi al-Margʻinoniyning „Al-Hidoya“ sidan farqli oʻlaroq, kitob hech qachon sharhlanmagan. Faqat XX asr boshlarida zamonaviy bosma nashrning paydo boʻlishi asarga boʻlgan katta qiziqish uygʻotdi. Shundan beri Hanafiy ilmiy muassasalarida asosiy ahamiyatga ega boʻlib kelmoqdaVgl. Heffening, de Bellefonds 690b..
Badoeʼdan tashqari al-Kosoniy Qur’on tafsirini ham yozgan va bu kitob qoʻlyozma sifatida hozirda saqlanib qolganVgl. Brockelmann: Geschichte der arabischen Litteratur. 1943, S. 465..
Yana qarang
Hanafiylar roʻyxati Ashʼoriylar va moturidiylar roʻyxati
Manbalar
Turkum:1191-yilda vafot etganlar Turkum:Hanafiy fiqh ulamolari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Hanafiylar Turkum:Oʻzbekiston musulmonlari