Tohirjon Rahimjonovich Moʻminov (; 1970-yil 6-avgust, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — sovet va tojik futbolchisi, murabbiy. Oʻyindagi vazifasi — yarim himoyachi. Maʼlumoti — oliy, 1991-yilda Kalinin nomidagi TIFK ni (Tojikiston davlat jismoniy tarbiya instituti) tamomlagan.
Biografiyasi Tohirjon Moʻminov 10 yoshdan boshlab futbol bilan shugʻullana boshlagan. U dastlab „Pomir“ futbol klubining zaxira jamoasida oʻynay boshlaydi, aosiy jamoa tarkibida faqatgina bir marotaba SSSR kubogi uchun maydonga tushgan. 1990-yilda ikkinchi liga bahslarida „Pomir“ klubidan ketib, Qoʻrgʻontepaning „Vaxsh“ jamoasida oʻynay boshlaydi.
1990-yillarning birinchi yarmida Tojikiston chempionatida futbolchi yana „Pomir“ jamoasi safida o‘ynay boshlaydi.
Moʻminov terma jamoaning oʻyinlarida kamdan-kam ishtirok etgan boʻlsa-da, ammo bu uning tarkibdagi eng yaxshi hujumchilardan biriga aylanishiga toʻsqinlik qilmagan. Oʻyinlardagi ishtiroki va umumiy urilgan gollar soni boʻyicha Moʻminov terma jamoada rekordchi futbolchi hisoblangan.
1996-yilda „Pomir“ klubining yana qayta tarqalib ketishidan so‘ng, Moʻminov O‘zbekistonga keladi va Andijonning „Andijon“ klubida toʻp sura boshlaydi.
Moʻminov futbolchilik faoliyatini „Regar-TadAZ“ klubida (Dushanbe) yakunlaydi.
Sportchilik faoliyati davomida Moʻminov Tojikiston va O‘zbekiston chempionatlarida professional darajada oʻyin olib borgan va umumiy hisobda 90 ga yaqin golga mualliflik qilgan.
Hisorning „Farrux“ jamoasida oʻyinchi murabbiy boʻlgan.
2007-yilga kelib „Energetik“ (Dushanbe), 2008-yilning oktyabr oyida „Vaxsh“ klubida bosh murabbiy boʻlib faoliyat yuritgan.
Keyinchalik Vahdatning „Xayr“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.
Futbolchi sifatida erishgan yutuqlari
1993-yilda — Tojikiston chempionati kumush medali sovrindori; 1994-yilda — Tojikiston chempionati kumush medali sovrindori; 1995-yilda — Tojikiston chempioni; 2005-yilda — AF kubogi sohibi.
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari
2014-yilda — Vahdatning „Xayr“ klubi tarkibida 2-oʻrin; 2015-yilda — Ko‘lobning „Ravshan“ klubi tarkibida 3-o‘rin; 2017-yilda — Dushanbening „SSKA-Pomir“ klubi tarkibida 3-oʻrin.
Oilasi Tohrjon Moʻminov hozirgi kunda uylangan, 4 nafar farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
Toxir MUMINOV: „XOChU PYeRYeDAT VSYo LUChShYeYe IGROKAM“
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:FC Barkchi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Istaravshan futbol klubi murabbiylari Turkum:CSKA Pomir futbol klubi murabbiylari Turkum:Ravshan futbol klubi murabbiylari Turkum:Vaxsh futbol klubi murabbiylari Turkum:Xayr Vahdat futbol klubi murabbiylari Turkum:Tojikiston jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari