Jasurbek LatipovToʻliq ismJasurbek Madaminjon oʻgʻli LatipovFuqaroligi OʻzbekistonTugʻilgan vaqti15-sentyabr 1991-yil (31 yosh)Tugʻilgan joyiAndijon, Andijon viloyati, OʻzbekistonVazn toifasi52 kgBoʻyi170 smMedallarJahon chempionatiBronzaBoku 2011do 52 kgKumushOlmaota 2013do 52 kgKumushGamburg 2017do 52 kgOsiyo chempionatiOltinToshkent 2017do 52 kgUniversiadaBronzaQozon 2013do 52 kgOsiyo oʻyinlariOltinJakarta 2018do 52 kg Jasurbek Latipov (1991-yil 15-sentyabr) – oʻzbek bokschisi.
Faoliyati Boku va Olma-Otada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori (2011, 2013), Qozondagi 2013-yilgi yozgi Universiadaning bronza medali sovrindori, Londondagi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Shuningdek, boks boʻyicha bir qator respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori. Shuningdek Uzbek Tigers terma jamoasi bir qator turlarda muvaffaqiyatli qatnashgan.
Jahon chempionati 2017 Germaniyadagi jahon chempionatida oʻzbek bokschilari ichida sovrindor sportchilaridan biri boʻldi. Turnirda dastlab Puerto-Rikolik Yankiel Rivera Figurero qarshi ringga chiqdi. Jangda katta ustunlikka erishgan Latipov ochkolar boʻyicha 5-0 hisoboda gʻalaba qozondi. Ikkinchi bosqichda bolgariyalik bokschi, Yevropa chempioni Daniel Asenovga qarshi ringga chiqdi. Latipovning kuchli raqibi bilan janngi ancha murosasiz ruhda oʻtib, oʻzbek bokschisining 3-2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Latipov navbatdagi chorak va yarim final bosqichida ham kuchli raqiblari bilan jangda qatnashib, muhim gʻalabalarga erishdi. Finalda esa kubalik bokschi Yosbani Veitiaga qarshi ringga chiqdi. Jangda imkoniyati darajasidan pastroq harakat qilgan Jasurbek yakunda raqibiga 5-0 hisobida magʻlub boʻldi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Bu Jasurbekning Boks boʻyicha jahon chempionatlaridagi, 52 kg vazn toifasidagi ikkinchi kumush medalga aylandi. Bundan avval 2013-yilgi jahon chempionatida ham kumush medal sohibi boʻlgan edi.
Osiyo chempionati 2017 2017-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida 52 kg vazn toifasida chempiong ayalandi. Finalgacha bir qtor kuchli raqiblar, pokistonlik Said Asif, qirgʻizistonlik Azat Usenaliyev kabi bokschilar qarchi janglarda gʻalaba qozondi. Finalda esa koreyalik In Kyu Kimga qarshi jang olib bordi va gʻalabani qoʻlga kirita oldi.
Yutuqlar
Osiyo oʻyinlari chempioni: 2018 Osiyo chempioni: 2017 Jahon chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 2013, 2017 AIBA Pro Boxing (APB) yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi bokschisi: 2016
Mukofotlar
Shuhrat medali sohibi: 2015
Manbalar
Havolalar
Profil AIBA rasmiy saytida Olympics.com Boxrec.com
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:15-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston bokschilari Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari