Oʻzbekiston tibbiyot oliygohlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, tibbiyot yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari boʻlib, asosan sogʻliqni saqlash, aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va shifokorlar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari hisoblanadi. Mazkur tibbiyot taʼlim muassasalari asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida boʻlib, ularning koʻrsatma va buyruqlari asosida tashkilotchilik, jamoatchilik, tibbiy-ilmiy va ijtimoiy hizmatlar boʻyicha oʻz dastur va tuzilmalariga egadir.

Davlat tasarrufidagi tibbiyot oliygohlar Hozirgi kunda Respublika hududida 11 ta davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, bir nechta xususiy va xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyat yuritadi. Respublikada mavjud boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan: Akademiyalar: 1 ta Universitetlar: 1 ta Institutlar: 7 ta Filiallar: 2 ta

+ Akademiya darajadagi tibbiyot OTM № Akademiya nomi Hududi Manba 1 Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent

+ Universitet darajadagi tibbiyot OTM № Universitet nomi Hududi Manba 1 Samarqand davlat tibbiyot universiteti Samarqand

+ Institut darajadagi tibbiyot OTM № Institut nomi Hudud Manba 1 Andijon davlat tibbiyot instituti Andijon 2 Buxoro davlat tibbiyot instituti Buxoro 3 Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fargʻona 4 Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5 Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent 6 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Toshkent 7 Toshkent davlat stomatologiya instituti Toshkent

Oliygoh filiallari + Davlat tibbiyot oliygoh filiallari № Filial nomi Hudud Asosiy ta'lim muassasasi Manba 1 TTA Urganch filiali Xorazm Toshkent tibbiyot akademiyasi 2 TTA Termiz filiali Surxondaryo Toshkent tibbiyot akademiyasi 3 TTA Chirchiq filiali Toshkent viloyati Toshkent tibbiyot akademiyasi

Xorijiy tibbiyot OTM filiallari Xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan: Universitetlar: 1 ta Institutlar: 1 ta

+ Xorijiy Tibbiyot OTM nomi № OTM nomi Davlat Manba 1 "N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali Rossiya Federatsiyasi 2 Toshkent shahridagi YEOJU texnika instituti Janubiy Koreya

Xususiy tibbiyot OTM

Xususiy tibbiyot OTMdan: Universitetlar: 4 ta Institutlar: 2 ta

+ Xususiy tibbiyot OTM № OTM nomi 1 Akfa universiteti 2 Central Asian medical university 3 European medical university 4 Farmatsevtika taʼlim va tadqiqoqt instituti 5 Impuls tibbiyot instituti 6 EMU University

Tarixi Oʻzbekistonda tibbiyot taʼlim dargohlari oʻziga xos uzoq, koʻp va turli xil hamda, baʼzi nomaʼlum tarixiga ega. Oʻzbekistonda dastlab 1918-yilda Toshkentda dastlabki tibbiyot oʻquv yurti — hozirgi Oxunboboyev nomidagi Respublika tibbiyot kolleji boʻlib, oradan bir yil oʻganidan soʻng, oliy tibbiyot maktabi ochildi, hamda, mazkur tibbiyot oliy maktabida feldsherlik va qisqa muddat o‘qitiladigan jarrohlik kurslari tashkil etildi. 1920-yilga kelib Oliy tibbiyot maktabi Oʻrta Osiyo davlat univensiteti tarkibidagi tibbiyot fakul’tetiga aylantirildi. Bu fakul’tetda oʻqishga yoshlarni tayyorlash uchun Respublikaning koʻpgina shaharlarida ishchi fakul’tetlari ochilib, ularga oʻzbek hamda boshqa mahalliy aholi faol yoshlari jalb etildi.

Yana qarang Tibbiyot sohasidagi oliy talim muassasalari Tibbiyot OTMlari Toshkentda va Oʻzbekistonda Tibbyot OTMlari (institutlari), O'zbekistonda: kompaniyalar va tashkilotlar katalogi, ularning manzillari, telefonlari, kontaktlari

Manbalar

Turkum:Institutlar Turkum:Toshkent institutlari Turkum:Tibbiyot Turkum:Oʻzbekiston tibbiyot oliygohlari Turkum:Oliy oʻquv yurtlari