thumb Najoshiy masjidi (arab. مَسْجِد ٱلنَّجَاشِي) – Efiopiyaning Tigray mintaqasi Negash shahridagi masjid. Ushbu masjid Afrikadagi eng qadimiy masjidlardan biridir.
Tarixi Masjid milodiy VII asrda bunyod etilganCE. Masjid 2018-yilda masjid Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) mablagʻlari hisobidan taʼmirlangan. Masjid binosi atrofida turar joy, ziyoratchilar markazi va tahoratxonalar qurilgan. Ta’mirlash 2018-yil sentyabr oyida yakunlangan.
2021-yilda Efiopiya va Eritreya hukumat kuchlari va Tigray xalq ozodlik fronti o‘rtasidagi to‘qnashuvlar chog‘ida masjid shikastlangan. Minorasi vayron boʻlgan, gumbazi qisman qulagan, fasadi vayron boʻlgan edi. Ko‘p o‘tmay, Efiopiya hukumati binoni ta’mirlashga va’da bergan. Manbalar