Olivier Xarouna Bonnes (1990-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Nigeriyalik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. „Nontaburi Yunayted“ jamoasida toʻp surdi.
Futbolchilik faoliyati Olivier Nigerning poytaxti Niameyda tugʻilgan. Bonnes faoliyatini Fransiyaning „Nant B“ jamoasida 2006-yilda boshlagan va keyinchalik asosiy jamoa safida ham maydongga tushgan. Keyinchalik Fransiyaning boshqa bir jamoasi „Lill“ klubining „Lill B“ farm jamoasiga oʻtdi. 2012-yilda Belgiyaning „Bryussel“ klubi safiga oʻtdi.
2014-yil 24-sentyabrda Bonnes Bolgariyaning „Vereya“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U Bolgariyaning „Lokomotiv Plovdiv“ va „Montana“ klublarida ham toʻp surgan.
2016-yilning 25-iyulida Bonnes Janubiy Koreyaning „Gvanju FC“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
2018-yilning iyul oyida Bonnes Janubiy Koreyaning Seongnam FC klubi bilan shartnoma imzoladi.
2019-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning „Qoʻqon 1912“ klubiga oʻtdi. Bonnesning otasi vafot etganligi sababli mart oyida Qoʻqon jamoasi tarkibi tark etdi. 2020-yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning K3 ligasida toʻp suruvchi, Xvason shahrining „Hwaseong FC“ klubi safiga oʻtdi. 2021-yilgi mavsumda Tailandning T3 ligasida toʻp suruvchi „Nonthaburi United S.Boonmeerit F. C.“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Terma jamoa Bonnes 2011-yilda Niger terma jamoasi safida debyut qilgan, 2011-2012-yillarda ular bilan jami 9 ta o‘yinda maydonga tushgan, jumladan, FIFA Jahon chempionati saralash o‘yinida bir marta maydonga tushgan. U 2012-yilgi Afrika Millatlar Kubogida oʻynagan.
Shaxsiy hayot Olivier fransuz fuqaroligiga ega광주FC, 니제르 국가대표 MF 본즈 영입.
Manbalar
Havolalar
Olivier Bonnes — K League stats at kleague.com (in Korean) Olivier Bonnes — French league stats at Ligue 1 — also available in French Olivier Bonnes Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigerlik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Nantes futbolchilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:RWDM Brussels FC futbolchilari Turkum:FC Vereya futbolchilari Turkum:PFC Lokomotiv Plovdiv futbolchilari Turkum:FC Montana futbolchilari Turkum:Gwangju FC futbolchilari Turkum:Hwaseong FC futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:K liga 2 futbolchilari Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:Bolgariya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Nigerlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar