Shavkat Mavlonov(1952-yil 30-mart, Andijon viloyati Andijon shahri) – uzoq yillar davlat organlarida xizmat qilgan ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi polkovnik.

Hayoti va faoliyati Shavkat Mavlonov Andijon shahrida dunyoga keldi. Maktabni aʼlo baholar bilan tamomlab, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga oʻqishga kiradi. 1978-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini tamomlabhttp://edu.msu.ru/alumni/ harbiy xizmatni oʻtaydi.

Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyati Shavkat Mavlonov ichki ishlar organlaridagi ilk xizmat faoliyatini 1982-yil Toshkentda, Ichki ishlar vazirligi inspeksiyasi inspektori lavozimida boshlaydi. 1984-yilda shu yerda katta inspektor lavozimiga koʻtariladi. 1985-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-maxsus boʻlimi boʻlinma boshligʻi lavozimida xizmatni davom ettiradi. Shavkat Mavlonov 1989-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlab, Ichki ishar vaziri yordamchisi sifatida xizmat qiladi. 1995-yil Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. Bu lavozimda Shavkat Mavlonov 2001-yilga qadar faoliyat olib bordi.

Oilasi Shavkat Mavlonov oilaliIchki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati Kadrlar xizmati fidoyilari. Toshkent. 2022-yil. 16–19-betlar.

Manbalar

Turkum:Polkovniklar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi