Bogdan Vasile Xaushi (; 1985-yil 29-sentyabr, Baya-mare, Ruminiya) - Ruminiyalik futbolchi, himoyachi.
Tarjimai holi Ruminiyaning „Baya-mare“ klubi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirgan. 2008-yilning yozida Moldovaning „Iskra-Stal“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Moldova chempionatida 2008-yilning 2-iyulida „Olimpiya“ga qarshi oʻyinda (1:1) debyut qildi. 24-daqiqada Xaushi gol urdi va 33-daqiqada qizil kartochka oldi. 2008—09-yilgi mavsumda u jamoa bilan birgalikda faqat „Dacia“ va „Sherif“ klublaridan ortda qolgan holda Moldova chempionatining bronza medali sohibiga aylandi. 2009-yil iyul oyida u UEFA kubogi saralashida bolgariyaning „Cherno More“ klubiga qarshi 2 ta oʻyin oʻtkazdi. Bogdan Xaushi Moldova chempionatida „Iskra-Stal“ jamosi safida jami 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta qizil kartochka oldi. 2009-yil oxirida u „Iskra-Stal“ni tark etdi. 2010-yil fevral oyida „Goverla“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2012-yilda Xaushi Moldovaning „Rapid“ jamoasida oʻynagan. 2013-yil fevral oyida „Tiraspol“ futbol klubiga oʻtgan. Bogdan Xaushi 2015-yil 9-martda Aleksandr Mochinov boshchiligidagi „Buxoro“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Ruminiyalik futbolchi Buxoroliklar safida 23-raqamda harakat qilgan. 2015-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasi doirasida boʻlib oʻtgan Muborakning „Mashʻal“ klubiga qarshi bahsda Xaushi raqib darvozasini ishgʻol qilgan. 2015-yil yakunlariga koʻra mazkur futbolchi klub safida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 1 ta toʻp kiritgan, 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan. Futbolchi 2021-yilda oʻz faoliyatini yakunlashini eʻlon qilgan.
Professional Faoliyati Yillar Jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar soni Gollar soni 2008—2009 Iskra-Stal 31 8 2010—2011 Goverla 28 2 2011—2012 Zimbru 14 2 2012—2013 Rapid 16 2 2013—2014 Tiraspol 38 7 2015 Buxoro 10 1
Yutuqlari
„Iskra-Stal“ klubi tarkibida Moldova chempionatining bronza medali sohibi: 2008—09 „Tiraspol“ klubi tarkibida Moldova kubogi sohibi: 2013-yil
Manbalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:29-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Iskra-Stal futbolchilari Turkum:FC Zimbru Chișinău futbolchilari Turkum:FC Rapid Ghidighici futbolchilari Turkum:FC Tiraspol futbolchilari Turkum:FC Hoverla Uzhhorod futbolchilari Turkum:CS Minaur Baia Mare futbolchilari Turkum:Liga II futbolchilari Turkum:Liga III futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ruminiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar