Ilyasov Vezirgeldi Omarovich ( 1992-yil 18-yanvar, Gum-Dag, Turkmaniston) — turkman futbolchisi, Ashxobodning „Oltin Asir“ va Turkmaniston terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi. Ma'ruf oʻgil mansur katta katta shoh edu

Tarjimayi holi Vezirgeldi Ilyosov 1992-yil 18-yanvarda Turkmanistonda Bolqon viloyatining Gum-Dag shahrida tugʻilgan.

Markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Faoliyatini „Edigen“ (MTTU) futbol klubida boshlagan, soʻng „Oltin Asir“da oʻynagan. 2018—2019-yillarda Turkmanistondagi Anauning „Ahal“ jamoasida oʻynagan. Ikki marta Ilyosov tarkibida boʻlgan „Ahal“ jamoasi Turkmaniston milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan (2018- va 2019-yillar)Zavershilsya chempionat Turkmenistana po futbolu. OFK kubogida qatnashib, 14 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2020-yilning fevral oyida u „Ahal“ va Turkmaniston terma jamoasi himoya markazidagi sherigi Abdi Byashimov bilan birga markaziy yarim himoyachi sifatida Oʻzbekistonning „Qizilqum“ jamoasiga oʻtdi. Ilyosovning shartnomasi 2021-yilning dekabri oxirigacha moʻljallangan edi . 2020-yil 1-mart kuni Ilyosov jamoasi Oʻzbekiston Superligasida „Nasaf“ga qarshi oʻyinda (1:3) magʻlubiyatga uchradi. 2020-yilning avgustida u oʻzbek klubini tark etdi va shundan soʻng yana Turkmanistonga qaytdi.

2021-yil aprel oyidan boshlab yana „Oltin Asir“da toʻp sura boshladi.

Milliy terma jamoa thumb| Ilyosov (5-raqam) Turkmaniston terma jamoasi bilan 2019-yilda BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida Vezirgeldi Ilyasov 2018-yildan Turkmaniston terma jamoasiga jalb qilina boshladi. 2019-yilning 9-yanvarida u Turkmaniston terma jamoasi safidagi debyutini 2019-yilgi Osiyo Kubogining birinchi oʻyinida Yaponiya termasiga qarshi oʻtkazdi (1:3). Ilyosov Turkmaniston terma jamoasi safida jami 10 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari

„Ahal“

Turkmaniston chempionatining kumush medali sohibi: 2018—2019-yillar.

Manbalar

Havolalar

Vezirgeldi Ilyosov

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:18-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar