Nurbaxshiya — shia sufiy tariqati. XV asr boshida kubraviylik tariqatidan uning shialikdagi tarmogʻi sifatida ajralib chiqqan. Asoschisi — sayyid Muhammad ibn Muhammad Nurbaxsh (1392-1464), bahraynlik arab boʻlgan. U oʻz shajarasini shia imomi Muso Kozimga bogʻlagan. Shia shayxi Xoja Ishoq Xuttaloniyning muridi boʻlgan. Qurʼon va „barcha fanlar“ni yaxshi oʻzlashtirgani uchun ustozi unga Nurbaxsh laqabini hamda oʻzining vafot etib ketgan ustozi Kubraviylar shayxi sayyid Ali Hamadoniyning hirqasini berib, xonaqohga bosh boʻlishni topshirgan. Nurbaxsh tarafdorlari uni adolat oʻrnatish uchun kelgan imom-maxdiy va xalifa deb eʼlon qilganlar. Irokda uning shaʼniga atab tangalar zarb etilgan va xutbalar oʻqilgan. Uning dovrugʻi Kurdiston, Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh davrida (1405-1447) Nurbaxshiya tariqati qattiq quvgʻin ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi kichik qishlokda shogirdlari orasida oʻtkazgan. Nurbaxshiya gʻoyalari Eronda safaviylar taʼlimotini qaror topishiga zamin hozirlagan. Nurbaxshiya taʼlimoti Muhammad Nurbaxshning „ar-Risola al-eʼtiqodiya“ va „al�Fiqhal-ahvat“ kabi asarlarida bayon etilgan. Nurbaxshiya tariqatidagi oʻziga xosliklar. Nurbaxshiya taʼlimoti negizida ikki imomlikka eʼtiqod qilish yotadi: haqiqiy (haqiqiya) va qoʻshimcha (izofiya), ularni shuningdek, „katta jihod“ va „kichik jihod“ deb ham ataydilar. Imomning tashqi va maʼnaviy sifatlari majmuasi „kichik jihod“ deb ataladi. Haqiqiy imom, boʻlib valiy darajasiga ham etishi lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (r.a.) erishgan. „Kichik jihod“ belgilarini valiylik bilan uygʻunlashuvi, Nurbaxshning fikricha, „katta jihod“ni tashkil qilgan. Nurbaxsh Muhammad (a.s.) davrlaridagi urf-odatlarni tiklash va saqlab qolishga, „yangi udumlar“ni (bidʼat)ni bekor qilishga daʼvat qilganini koʻrish mumkin. N e ʼ m at u l l o h i y l ar n i n g so bi q sh ay xi J avod N u r b axsh n i n g „U l ugʻ jin — I b l i s“ k i t o b i d a nurbaxshiylikka oid ayrim qarashlarni ilgari suradi. Uning fikriga kura, Iblisning Odamga sajda qilmagani bu uning xohishi bilan emas, Yaratganning istagi bilan amalga oshgan. Uning bunda hech bir gunohi yoʻkdir. Iblis Yaratganning eng sodiq oshigʻi boʻlib, hatto Xudo oʻzi buyursa ham odamga sajda qilishni shirk hisoblab, bu ishdan bosh tortgan. Farishtalardan ulugʻligi shundaki, ular Odam yaralgan chogʻda unga taʼzim qilib egildilar, Iblis esa bu holatni tavhidga zid bilib, rad etdi. Tavhidga eng sodiq maxluq Iblisdir va igu kabi bir qancha qarashlarni ilgari suradi. Bu kabi qarashlar aqidada adashish va turli ixtiloflarni keltirib chiqaradi. Javod Nurbaxsh „Iso sufiylar nigohida“ risolasida mazkur fikrni qayd etadi : "Suf i ylar aytadi: „Avliyolik Odam Atodan boshlanib, Isoda intihosiga etgan“. Maʼlumki, nurbaxshiylar bugungi kunda Yevropa mamlakatlari hamda Rossiyada oʻz tarafdorlariga ega boʻlib bormoqdalar. Mazkur hudud vakillari xristian diniga mansubligini hisobga olgan holda ularga moslashish va xristianlikdagi baʼzi jihatlarni nurbaxshiyada tatbiq etish holati kuzatilmoqda. „Iso sufiylar nigohida“ kitobi toʻligʻicha Iso paygʻambarga bagʻishlangan boʻlib, unda keltirilgan fikrlar kishida xristianlik va islom ikki nomdagi bir din ekan degan yanglish tushunchani uygʻotadi. Bir qarashda dinlararo yaqinlikni oʻrnatayotgandek koʻringan mazkur risolada eʼtiqodga taalluqli qaltis fikrlarni koʻrish mumkin. Ushbu shia tariqati aslida xristianlik gʻoyalarini oʻziga koʻproq singdirgani koʻrinadi. Bu esa ushbu tariqat gʻoyalarini yanada kengroq: nafaqat musulmon olami, balki xristian olamida ham yoyishga boʻlgan harakatlarini koʻrsatadi. Nurbaxshiya tariqatining hozirgi kundagi faoliyati. 1974 yilda Javod Nurbaxsh gʻarbda — Londonning markazida neʼmatullohiya xonaqohini ochdi. Keyinchalik esa tariqat xonaqoxdari AQShning San-Frantsisko, soʻngra Nʼyu-Yorkda ochildi. Javod Nurbaxsh keyingi yillarda Vashington, Boston, Los-Anjeles, Santa-Krus, Sietl, Chikago, Sante-Fe va San�Diegoda xonaqohlar ochadi. Tariqat aʼzolari koʻpaygani sari yana koʻplab xonaqohlar — Avstraliya, Afrika, Kanada, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Shvetsiya va Niderlandiyada bunyod etildi. Gʻarbda oʻz tariqatini kengaytirish va gʻarblik oʻquvchilar uchun J. Nurbaxsh oʻzining sufiylikka oid asarlarini ingliz tiliga tarjima qildi. Uning ilk ingliz tiliga tarjima qilingan kitobi „Xarobalar ichra Mayxona. Sufiylik haqida ettita insho“ asari edi. Keyinchalik, 35dan ortiq kitoblari ingliz tiliga, shuningdek, ulardan bir qanchasi fransuz, nemis, ispan, ital`yan va rus tillariga tarjima qilindi. 1989 yilda J. Nurbaxsh oʻgʻli Alirizo Nurbaxsh muharrirligi ostida chop etiladigan „Sufiy“ jurnaliga asos soldi. Mazkur jurnal bir yilda toʻrt marta nashr qilinadi. Yillar oʻtishi bilan, ushbu jurnalda mashhur yozuvchi va olimlardan Annemari Shimmel`, Sayyid Husayn Nasr, Uil`yam Chittik, Gerbert Meson, Karl Ernst, Xaston Smit, Robert Blay va R. L. Treverslarning ilmiy maqolalari, hikoya va sheʼrlari chop etildi. Markazda J. Nurbaxsh asosiy maʼruzachi sifatida ishtirok etgan bir necha xalqaro konferentsiyalar oʻtkazildi. Birinchi va uchinchi konferentsiyalarga markazdan tashqari London universiteti qoshidagi Afrika va Sharq mamlakatlarini oʻrganish maktabi homiylik qildi. Konferentsiyada Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Shvetsariya va AQShdan tashrif buyurgan bir qancha taniqli olimlar, sufiyshunoslar qatnashdilar. 1992 yil may oyida, Vashingtonda oʻtkazilgan ikkinchi konferentsiyaga ham markazdan tashqari J. Vashington universiteti homiylik qildi. Hozirgi kunda ushbu tariqat rahnamosi Javod Nurbaxshning oʻgʻli Alirizo NurbaxshdirHakim Termiziy. Navodir al-usul. — Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.Xatm al-avliyo. — Bayrut, 1965Kalobodiy, Abu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. — Qohira, 1994;Abu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. — Qohira, 1960;<ref>Hujviriy. Kashf al-mahjub. — Misr, 1974. T.N .;</ref.Shihobuddin Suhravardiy. Avorif al-maorif. — Bayrut, 1992; LisoniddinXatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. — Qohira, 1966; MuhammadAnvar Badaxshoniy. Akidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014..
Manbalar
Turkum:Tasavvuf