Suraya Dalil (oʻzbekcha/), (1970-yilda tugʻilgan) – afgʻon shifokori va siyosatchisi, 2010—2014-yillarda Sogʻliqni saqlash vaziri boʻlib ishlagan va 2015-yil noyabridan buyon mamlakatning BMTdagi doimiy vakili.
Dastlabki hayoti va taʼlimi Dalil 1970-yilning fevralida Kobulda tugʻilgan. Otasi oʻqituvchi boʻlgan va oʻsha paytda gʻayrioddiy boʻlishiga qaramay, qizini taʼlim olishga undagan. Zargʻona oʻrta maktabida oʻqigan va 1991-yilda Kobul tibbiyot universitetini tamomlagan . Otasi fuqarolar urushi paytida yaralanganidan keyin oilasi Mozori-Sharifga koʻchib ketgan .
2004-yilda Dalil Harvard sogʻliqni saqlash maktabida oʻqish uchun Prezident stipendiyasiga sazovor boʻladi va 2005-yilda jamoat salomatligi boʻyicha magistr darajasini oladi .
Karyerasi Dalil 1992- va 1993-yillarda „Chegara bilmas shifokorlar“ tashkiloti bilan Afgʻoniston shimolidagi tojik qochqinlariga tibbiy yordam koʻrsatgan. Keyin u Xalqaro Migratsiya Tashkiloti bilan hamkorlikda Pokiston va Erondan qaytgan afgʻon qochqinlariga tibbiy yordam koʻrsatgan .
Dalil 1994-yilda Afgʻonistonda UNICEF bilan ishlay boshladi, qizamiq va poliomiyelitga qarshi keng koʻlamli emlash loyihasini nazorat qildi. 1998-yilda Tolibon Mozori-Sharifga yetib borgach, u oilasi bilan Pokistonga piyoda qochib ketdi va u yerda Pokistonga koʻchirilgan UNICEFning Afgʻonistondagi vakolatxonasida ishlashni davom ettirdi. Tolibon qulaganidan keyin u 2002-yilda oilasi bilan Kobulga qaytib keldi. Dalil Kobulda 2007-yilgacha ishlagan, UNICEFning Somalidagi Sogʻliqni saqlash va Oziqlantirish dasturi rahbari etib tayinlangan va u yerda 2009-yil dekabrigacha ishlagan.
2010-yilning yanvarida Dalil prezident Hamid Karzay tomonidan Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan va u 2012-yil mart oyida vazir etib tayinlangan . Bolalar va onalar oʻlimini kamaytirish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqqan .
2015-yil noyabr oyida Prezident Ashraf Gʻani Dalilni Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumatining Jenevada joylashgan BMTdagi doimiy vakili etib tayinladi va bu lavozimdagi birinchi ayol boʻldi.
2017-yil oxirida Dalil piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash konvensiyasining (Ottava shartnomasi) prezidenti etib saylandi, ushbu konvensiya piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, ishlab chiqarish, uzatish va saqlashni taqiqlaydi. Afgʻoniston bu qurollardan eng koʻp zarar koʻrgan davlatlardan biridir . Uning Konvensiyadagi raisligi 2018-yil oxirida tugaydi.
Boshqa faoliyati
Xalqaro gender chempionlari (IGC), aʼzosiMembers International Gender Champions (IGC)..
Mukofot va unvonlari 2012-yilda Dalil butun mamlakat boʻylab emlashni amalga oshirishdagi yutuqlari uchun Butunjahon Emlash Ittifoqi tomonidan mukofotga sazovor boʻldi. 2014-yilda u Reproduktiv salomatlik boʻyicha Global yetakchilar kengashining „Resolve Award“ maxsus mukofotini qabul qilib, mukofot uning Afgʻonistonning reproduktiv, ona va bola salomatligiga ustuvor ahamiyat berish borasidagi saʼy-harakatlarini eʼtirof etdi.
Nashr qilingan ishlari
Shaxsiy hayoti Dalilning ona tili oʻzbek tili boʻlib, u dariy, pushtu va ingliz tillarida ham soʻzlashadi. Uning turmush oʻrtogʻi ham shifokor boʻlib, uch farzandi bor .
Manbalar
Havolalar
Elchixona tarjimai holi
Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Afgʻonistonlik oʻzbek siyosatchilari