thumb|Toshev Davron- Buxorolik miniatyurachi rassom Davron Toshev- Buxorolik miniatyurachi rassom. „Hunarmand“ uyushmasi aʼzosi (2000), „Markaziy Osiyo hunarmandlari“ festivali qatnashchisi (2001-2003), "Shuhrat" medali sohibi (2005), Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi (2006).

Tarjimai holi 1970-yil 5-yanvarda Boxoro viloyatida tugʻilgan. 5-hunar-texnika bilim yurtini tugatgan (1985-1989), Buxoro davlat universiteti badiiy grafika boʻlimi (2004-2007) Toshkent shahridagi „Sanoi nafis“ ijodiy guruhi ustalari shogirdi (1992-1994), Kogon shahridagi „Meʼmor“ kichik korxonasi bosh rassomi (1994-1997), Buxoro shahar ixtisoslahtirilgan sanʼat maktabi oʻqituvchisi (1997- 2010), "Hunarmand uyushmasi aʼzosi (2000), „Markaziy Osiyo hunarmandlari“ festivali qatnashchisi Qozogʻston (2001-2003), „Oʻzbekiston miniatyurasi“ koʻrgazmasi qatnashchisi Fransiya (2005), Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi (2006), „Aquarelles“ koʻrgazmasi qatnashchisi Fransiya (2011), „Usta davron“ (BUXORO IPAK QOG‘OZ, OOO) miniatyura va tabiiy Buxoro qogʻozi ishlab chiqish maktabi asoschisi (2018).

Ijodi 200 dan ortiq ijod namunalari mavjud. Buxoro miniatyura maktabi rivojiga alohida hissasini qoʻshgan, nafaqat Oʻzbekiston, xorijda ham hamkasblari va miniatyura sanʼati muxlislariga yaxshi tanish. Musavvir Sharq miniatyura sanʼatining ham badiiy, ham poetik usullarini mahorat bilan uygʻunlashtirgan. thumb|Usta Davron Toshev ijodidan „Marché d’Art de Noël“ koʻrgazmasi qatnashchisi Fransiya (2006), shaxsiy koʻrgazma, Bryussel shahri (Belgiya-2006), shaxsiy koʻrgazma, Lion shahri (Fransiya-2007), shaxsiy koʻrgazma, Grenoble shahri (Fransiya-2008), shaxsiy koʻrgazma, (Fransiya-2009), shaxsiy koʻrgazma, Kamoliddin Behzod nomidagi memorial-bogʻ muzeyi (Toshkent-2012).

Rassom Buxoro miniatyura dunyosiga shu qadar chuqur kirib borganki, uning asarlari personajlar mukammalligi, chiziqlarning nozikligi bilan ajralib turadi. Davron Toshev zamonaviy oʻzbek miniatyura sanʼatida birinchi yoʻnalishga mansubdir. Hozirgi kunda rassomning 100 dan ziyod shogirtlari mavjud.

Mukofot va unvonlari

1997-yil Buxoro davlat universiteti bakalavr bitiruvchisi

2005-yil "Shuhrat" medali sohibi

Suratlar mavzusi thumb|Usta Davron miniatyura maktabi

„Bahrom qora qasrda“

„Sevishganlar bogʻi“

„Oshiq musavvir“ „Shohona ov“ „Shoh va choʻpon“ „Bogʻda bazm“ „Bazm“ „Hamsa“ „Shohnoma“ „Darvesh“

„Karvon“

Manbalar

ustadavron.uz saytidan. https://madeinuzbekistan.ru/ saytidan

Turkum: Buxoroda tugʻilgan| 1970- yil tugʻilgan| 5-yanvarda tugʻilgan| rassmom| miniatyurist