Bradley (sobiq Shimoliy Kankakee) – AQShning Illinoys shtatida Kankakee okrugining chekkasida joylashgan qishloq. Aholisi 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra 15 895 kishi tashkil qilgan, 2000-yildagi aholini roʻyxatga olish statistikasiga koʻra esa 12 784 kishini tashkil etadi.
Bradley Kankakee – Bradley Metropolitan hududining asosiy shahri boʻlib, butun Kankakee okrugini oʻz ichiga oladi.
Geografiyasi Bradley shimoliy-markaziy Kankakee okrugida koordinatada joylashgan. U janubda Kankakee shahri va gʻarbda Bourbonnais qishlogʻi bilan chegaradosh.
2010-yildagi maʼlumotlariga koʻra, Bradleyning umumiy maydoni ni tashkil qiladi. Bu maydonning barcha qismi quruqlikdan iborat.
Tarixi 1891-yilda David Bradley oʻzining Plow Works zavodini ochgandan soʻng Shimoliy Kankakee tashkil etilgan va buni eʼtirof etib, 1895-yilda shahar nomini „Bradley City“ (keyinchalik Bradley) ga oʻzgartirgan. 1980-yillarda Oʻrta Gʻarbning boshqa hududlarda boʻlgani kabi, bu zavodlarning ham ish faoliyati toʻxtatilgan va shundan soʻng, bu zavodlarning bir qismi yonib ketgan. Biroq, oʻn yillikning oxiriga kelib, barchasi oʻzgargan. 1989-yilda Wal-Mart birinchi ijarachi sifatida Bradley maydoni deb nomlangan yangi savdo markazi qurdirgan. Ushbu savdo markazdan soʻng koʻplab yangi doʻkonlar ochila boshlagan. Northfield Square Mall 1990-yilda ochilgan va oʻshandan beri qishloq ravnaq topdi.
Demografiyasi
2000-yilgi aholini roʻyxatga olish hisobiga koʻra qishloqda 12784 kishi, 5041 xonadon va 3382 nafar oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi – kvadrat milga 3381,3 aholi (1305,5/km2), oʻrtacha zichligi kvadrat milga 1394,4 (538,4/km2) boʻlgan 5272 ta uy-joy mavjud edi. Qishloqning irqiy tarkibi 95,62% oq tanlilar, 1,23% afro-amerikaliklar, 0,21% tubjoy amerikaliklar, 0,68% osiyoliklar, 0,02% Tinch okeani orollari, 1,20% boshqa irqlardan va 1,04% ikki yoki undan ortiq irqni tashkil qilgan. Ispan yoki lotin millatiga mansub aholi esa 3,61% edi.
5041 ta xonadonning 33,5 foizi 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, 51,3 foizi er-xotinlar, 11,0 foizi eri boʻlmagan bevalar, 32,9 foizi oilasi boʻlmaganlardan iborat boʻlgan. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,49, oilaning oʻrtacha kattaligi 3,03 edi.
Bir oilaning oʻrtacha daromadi 47,984 dollarni, erkaklarning oʻrtacha daromadi 38,224 dollarni, ayollarniki esa 24,493 dollarni tashkil qilgan. Qishloq aholisining jon boshiga daromadi 19 035 dollarni tashkil etgan. Oilalarning qariyb 3,6 foizi va aholining 6,8 foizi qashshoqlik chegarasidan past hisoblangan.
Sanoati CSL Behring qishloqning janubiy qismi yaqinida yirik, zamonaviy ishlab chiqarish zavodini boshqargan. Muassasa plazmadan olingan dori-darmonlar va uskunalar ishlab chiqarish bilan shugʻillangan. 2018-yilda ushbu zavod kengayishi kerakligi eʼlon qilingan, uni yakunlash deyarli oʻn ikki yil davom etishi tahmin qilingan. Eski yogʻ zavodi 2015-yilda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Qurilish tugallangach, zavod ikki qismga boʻlingan: shimoliy kampus – hozirgi yangilangan zavodni oʻz ichiga olgan qism, hamda janubiy kampus – hozirda qurilayotgan binoning yangi qismi. Ushbu loyiha 200 dan ortiq ish oʻrni yaratishi kutilgan va qurilish xarajatlari 450 million dollarni tashkil etgan.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy vebsayti
Turkum:AQSh shtatlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Illinois shaharlari