Mix ota masjidi — Navoiy viloyati Konimex tumani Qurama qishlogʻida joylashgan masjid.

Tarixi Mix ota masjidi Konimex tumani „Guliston“ MFY, Qurama qishlogʻida joylashgan. 1993—1995-yillar oraligʻida oʻsha davrdagi Konimex tuman hokimi Poʻlat Sulaymonov va Imomqul Xaitovning tashabbusi bilan asosan hashar yoʻli bilan qurilgan. Namoz oʻqish honaqohi 120 nafar odamga moʻljallangan edi, 2019 yilning 9 aprelida 1000 kishiga mo'ljallangan yangi masjid foydalanishga topshirildi. Eski bino Madaniy me'roslar qatoriga kiritildi. Namoz oʻqish xonasi, xonaqoh, imom xatib uchun alohida xonalar, hojatxona va tahoratxonalari mavjud. Isitish tarmogʻi, yoritish chiroqlari soz holatda, atrofi obodonlashtirilgan, 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turibdi. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Navoiy viloyat vakilligi mas’ul tashkilot. „Mix ota“ masjidi bir vaqtning oʻzida 1 000 nafardan ortiq namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Yangi masjid binosida Xonaqoh, Masjid imomi xonasi va Imom-noibi xonalari bor. Imom-noibi xonasida 500 dan ziyod diniy,ilmiy va ommaviy kitoblar joy olgan javon mavjud. Yangi masjidda Yandashev Rahmatulloh domla imomlik qiladi. Manbalar

Turkum:Navoiy viloyati masjidlari Turkum:Konimex tumani