Narzulla Alixonovich Muslimov (1961-yil 29-mart, Chimkent, Qozogʻiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2007), professor (2009). Biografiyasi Narzulla Muslimov 1961-yil 29-martda Chimkentning Eski Iqon qishlogʻida tugʻilgan. 1978—1982-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutini umumiy texnika fanlari va mehnat oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1984—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining ilmiy tadqiqot boʻlimida laborant, katta laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, 1991—1992-yillarda „Mehnat ta’limi metodikasi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1992—1997-yillarda „Ishlab chiqarish asoslari“ kafedrasi mudiri, 1997—2008-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti kasb ta’limi fakulteti dekani, 2008—2010-yillarda magistratura boʻlimi boshligʻi, 2010—2012-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2013-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi direktori.
Oilsi Oilali, uch nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati Narzulla Muslimov 1991-yilda nomzodlik dissertаsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2007-yilda doktorlik dissertаsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2009-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 5 ta monografiya, 6 ta darslik, 22 ta oʻquv qoʻllanma, 26 ta oʻquv metodik qoʻllanma muallifi.
Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2006). Manbalar
Turkum:Chimkent viloyatida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Dekanlar