Shoira Azimovna Musayeva (1956-yil 15-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. Biografiyasi Shoira Musayeva 1956-yil 15-dekabr Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1977-yilda Samarqand kooperativ institutini tovarshunos mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1992—1993-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Marketing“ kafedrasi assistenti, 1993—1997-yillarda „Savdoni tashkil etish“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1997-yilda „Tijorat va savdo logistikasi“ kafedrasi dotsenti, 1997—2021-yillarda „Marketing“ kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Marketing“ kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi. Ilmiy faoliyati 1989-yilda Moskva kooperativ institutida mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1990-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi. 1997-yilda dotsent ilmiy unvoni beriladi. 5 ta monografiya, 140 ta ilmiy maqolalar muallifi. Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006); „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni (2021). Manbalar

Turkum:Fan nomzodlari Turkum:Dotsentlar Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar