Xose Manuel "Manel" Martinez Bel (1992-yil 25-martda tugʻilgan) - ispaniyalik futbolchi. Hujumchi apmulasida oʻynaydi.
Faoliyati Kataloniyaning Barselona shahridagi Cabrera de Mar shaharchasida tugʻilgan Manel oʻz faoliyatini UE Kornella jamoasida boshladi. U 2011-yilda klubdagi debyutini oʻtkazdi va keyinchalik CD Masnou jamoasiga oʻtdi.
2012-yilda, CE Europa jamoasida qisqa muddat toʻp surdi. Keyinchalik Manel chet elga koʻchib oʻtdi va oʻqish paytida Virjiniya Hamdoʻstlik universitetining VCU Rams jamoasiga qoʻshildi. 2013-yil 17-iyun kuni u Milliy Premer-Liga klubi RVA FC bilan shartnoma imzoladi va jamoa bilan chempion boʻldi.
2015-yil yanvar oyida Manel oʻz vataniga qaytib keldi va hali ham toʻrtinchi divizionda boʻlgan CE Sabadell FC B bilan shartnoma imzoladi. U 16-iyunda shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirdi. Mavsum davomida 18 oʻyinda 13 ta gol urib, 31-dekabrda asosiy tarkibga koʻtarildi. CE Sabadell FC B Manel bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi.
2016-yilning 22-iyulida Manel Segunda Divizionining “Girona FC” klubiga qo‘shildi. Ammo 18-avgust kuni uchinchi diviziondagi “UE Llagostera” jamoasiga bir yilga ijaraga berildi. Mavsum davomida 14 ta gol urdi. Keyingi mavsum Lorka FKga ijara asosida qoʻshildi va klubga pley-off oʻyinlarida yordam berdi.
Manel oʻzining professional debyutini 2017-yilning 18-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida Cultural y Deportiva Leonesa jamoasi bilan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2018-yil 11-yanvarda u klub bilan shartnomasini tugatdi va "Girona FC"ga qaytdi.
2018-yilning 17-iyulida Manel uchinchi diviziondagi Real Mursiya bilan shartnoma imzoladi Keyingi mavsumda Manel Marbella FC ga qoʻshildiEl Marbella FC incorpora al delantero Manel Martínez , marbelladirecto.com, 25 June 2019. 2021-yilgi mavsumda Surxon (futbol klubi) bilan shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti Manel "Barselona" ning sobiq himoyachisi Manoloning oʻgʻli hisoblanadi.
Mukofotlari
RVA FK
Manbalar
Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar