Modalar sinxronizatsiyasi usuli orqali asllikni modulyatsiyalash usulidagiga qaraganda qisqaroq impulsli lazerlarni generatsiyalash mumkin. Bunda bir vaqtning oʻzida bir nechta modlardan foydalaniladi. Bir nechta modlar boʻlgan holda markaziy modga nisbatan ga siljigan signallarning yigʻindisi koʻrinishida tasvirlash mumkinO.Svelto, Principles of lasers, Springer, 2010:

Qaralayotgan modlar soni aktiv muhitning kuchaytirish chizigʻi bilan chegaralangan. Tasodifiy faza esa bu yerda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Agar va boʻlsa, quyidagicha yozish mumkin:

Yaʼni amplitudasi modulyatsiyalangan signal hosil boʻladi.

Impuls davomiyligi orqali aniqlanadi. Impulslar orasidagi masofa esa dan topiladi.

+ Modalar sinxronizatsiyasi orqali olingan eng qisqa impulslar Muhit , sm-1 Nd:YAG 5 5 ps Nd:shisha 100 0.1 ps Ti:sapfir 1000 10 fs

Modalar sinxronizatsiyasi ham asllikni modulyatsiyalash kabi ikki xil boʻlishi mumkin, yaʼni aktiv va passiv. Buni amalga oshirishning bir necha yoʻllari mavjud: Elektro-optik modulyator (aktiv sinxronizatsiya) Bu kabi sistemalarda Pokkels yacheykasidan foydalaniladi. Natijada generatsyalanayotgan signal amplitudasining garmonik modulyatsiyasi roʻy beradi. Bu usul amalga oshirish ancha qiyin usullardan biri. Chunki, modalar sinxronizatsiyalanganda, foydali impulsdan tashqari signalga xalaqit beruvchi shovqin impulslari ham sinxronizatsiyalanib, koʻpayadi. Buni bartaraf qilish uchun impulsli modulyatsiyadan foydalaniladiGuo F., Schlesinger T. E., Stancil D. D. Optical field study of near-field optical recording with a solid immersion lens // Appl. Optics. – 2000. – Vol. 39, No 2. – R. 324-332..

Yacheykaning oʻzini ham juda kichik oʻlchamlarda tayyorlash kerak. Masalan, pikosekund impulslarni hosil qilish uchun uning qalinligi boʻlishi kerak.

Akusto-optik modulyator (aktiv sinxronizatsiya) Bu usul bilan modlarni sinxronizatsiyalashda akustik toʻlqinni modlar aro tebranish chastotasiga moslab oʻzgartirish kerak.

Toʻyinuvchan yutgich usuli (passiv sinxronizatsiya) Bu usulni qoʻllash uchun yutgich modda juda keng yutilish polosasiga ega boʻlishi kerak. Yaʼni, ushbu modda keng toʻlqinlar diapazonidagi nurlanishlarni yuta olishi lozim.

Amaliyotda ushbu usullardan tashqari Kerr yacheykalari ham qoʻllanadi. Bu usulda rezonatorga nochiziqli xossaga ega boʻlgan kristall joylashtiriladi. Unda sindirish koʻrsatkichining qiymati tushayotgan nurlanish intensivligiga bogʻliq boʻlib qoladi va nurlanishning oʻzini oʻzi fokuslashi roʻy beradi. Natijada nur dastasining diametri kichrayib, tor diafragmadan oʻtadiPetrov V. V., Shanoylo S. M., Kryuchin A. A., Kozheshcurt V. I., Tokar A. P., Zymenko V. I. Optical immersion as a new way to increase information recording density // Proc. SPIE. – 1991. – Vol. 1831. – P. 2-12..

Shuningdek qarang Ikkinchi garmonika generatsiyasi

Asllikni modulyatsiyalash

Invers bandlik

Manbalar

Turkum:Fizika