Abdusalimov Abdumalik Bahodir oʻgʻli — 2002-yil 3-mart Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida tavallud topgan. Ayni damda Qarshi davlat texnika universiteti talabasi. „FIDE“ ustasi (FM, 2015)https://ratings.fide.com/profile/14206323, Xalqaro toifadagi sport ustasi (IM, 2019)https://www.chessbase.ru/player/abdisalimov-abdimalik-14206323/. 2018-yilda „Mard oʻgʻlon“ mukofoti sovrindori. Xalqaro grossmeyster unvonini olgan Qashqadaryolik ilk shaxmatchi.
Mukofotlari Kelajak bunyodkori medali (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, oʻzining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar oʻrtasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qoʻshgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy gʻurur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari