Jahongir Oʻrozov (2004-yil 18-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirok etgan. 2024-yil avgust oyidan Oʻzbekistonnining „Dinamo“ jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzolagan. Bunyodkor jamoasidagi debyut oʻyinini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazgan. 2023-yilgi mavsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan taklif tushgan. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasida ishtirok etuvchi „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib olgan.

2024-yilgi mavsum yozgi transfer kunlari davrida Eyüpspor jamoasi Jahongirni yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotganligi sababli Samarqandning „Dinamo“ jamoasi ijaraga bergan.

2026-yil 3-avgustda Qozonning Rubin klubiga oʻtgan.

Terma jamoadagi faoliyati Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qilgan. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻlgan va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qilgan. 2025-yilda Oʻzbekistonning asosiy terma jamoasiga chaqiruv olgan. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Yutuqlar

AFC U-20 Osiyo kubogi chempioni: 2023 Turkiya Birinchi ligasi gʻolibi: 2023/2024

Manbalar

Havolalar

Jahongir Oʻrozov Soccerway sayti Jahongir Oʻrozov Transfermarkt sayti Jahongir Oʻrozov OʻzPFL sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Eyupspor futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari