Andre Hossein ( asl ismi — Aminulla Huseynov, taxallusi — André Gosselain; 1905-yil 2-fevral, Samarqand, Rossiya imperiyasi — 1983-yil 9-avgust, Parij) — asli ozarbayjonlik boʻlgan fransuz bastakori va skripkachisi, aktyor Robert Hosseinning otasi.
Biografiyasi 1905-yilda Samarqandda tugʻilgan. Oʻgʻlining aytishicha ularning millati millati ozer bo'lgan . Otasi samarqandlik savdogar Ahmad ogʻa Hoseinov oilasida tugʻilgan. Onasi — Ruxiyat Hosseinova boʻlgan. Oilada soʻzlashuv tili u bolaligidan bilgan fors tili edi. U Rus hukumati tomonidan belgilab qoʻyilgandek Turkistondan Moskvaga oʻqishga yuborilgan, Moskvada skripkadan saboq ola boshlaydi. U yerda u pravoslavlikni qabul qilgan va „Andre“ ismini olgan . 1922-yilda Moskvadagi maktabni tugatgach, u Germaniyaga joʻnagan va u yerda Berlindagi tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirgan, lekin tezda musiqaga qaytgan: Shtutgart konservatoriyasida tahsil olgan, Artur Shnabel qoʻl ostida pianino va Vilgelm Klatte qoʻl ostida kompozitsiyani oʻrgangan. 1927-yildan u Fransiyaga koʻchib oʻtgan, Parij konservatoriyasida Noel Gallon (bastakorlik) va Pol Vidal (orkestr) bilan birga tahsil olgan, shuningdek, Alfred Kortot bilan pianinochi sifatida tahsil olgan. 1927-yil 10-avgustda Parijda asli yahudiy millatiga mansub boʻlgan Soroklik, 1917-yil oktyabr inqilobidan keyin oilasi Bessarabiyani tark etgan pianinochi va komediyachi teatr aktrisasi Anna Minkovska (1904—1998) bilan oila qurgan. Umrining oxirigacha Fransiyada yashagan.
Oilasi Opasi — Malake Roji, Manuchehr Egbal hukumatida Eron sogʻliqni saqlash vaziri boʻlgan ortoped va travmatolog Abdol-Husayn Roji bilan turmush qurgan; ularning oʻgʻli Parviz Roji (1936—2014), Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy davrida Eronning Buyuk Britaniyadagi soʻnggi elchisi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar