Sharifa Davronova (2006-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik yengil atletikachi. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida 15 yoshida uch hatlab sakrash boʻyicha gʻolib chiqqan.

Faoliyati Davronova Kolumbiyaning Kali shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatida ayollar oʻrtasida yengil atletikaning uch hatlab sakrash turida 15 yoshida gʻolib chiqdi. Davronova 14.04 metr uzodlikka sakradi. Sharifaning bu natijasi musobaqada 2-oʻrinni egallagan, jahon reytingida esa birinchi oʻrinni egallab turgan raqibasining natijasidan 66 smga yaxshiroq edi. Davronova keyinroq COVID-19 pandemiyasi tufayli Turkiyaning Koʻniya shahrida oʻtkazilishi kechiktirilgan 2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlariga yoʻl oldi. 2022-yil 11-avgust kuni Davronova ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrashda 14,30 metrga sakrab oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hayoti Davronova Samarqand shahrida tugʻilgan. Onasi — Nasiba Hoshimova. Muzaffar Karimov murabbiyligida 10 yoshidan boshlab yengil atletika bilan shug‘ullanadi.

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki + terma jamoasi aʼzosi Yil Musobaqa Musobaqa oʻtkazilgan joy Oʻrin Yoʻnalish Natija2022Yengil atletika boʻyicha U20 jahon chempionatiKali, Kolumbiya1Uch hatlab sakrash14.04 mIslom birdamligi oʻyinlariKoʻniya, Turkiya1Uch hatlab sakrash14.30 mYengil atletika boʻyicha U18 jahon chempionatiAl-Quvayt, Quvayt1stUzunlikka sakrash6.06 m1Uch hatlab sakrash13.23 m2023Yengil atletika boʻyicha yopiq inshhotlardagi Osiyo chempionatiOstona, Qozogʻiston1Uch hatlab sakrash13.98 mYengil atletika boʻyicha U18 jahon chempionatiToshkent, Oʻzbekiston2Uzunlikka sakrash6.22 m1stUch hatlab sakrash13.99 m Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi“ esdalik nishoni (2026).

Manbalar

Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Samarqand sport kishilari Turkum:Ayol sportchilar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari